«ittifoq kubogi-2023»
IV. G‘olibni aniqlash tartibi
Download 1.24 Mb.
|
«Zakovat» nizomi (2) (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Apellyatsiya tartibi
IV. G‘olibni aniqlash tartibi
4.1. Har bir savolga bir ochkodan beriladi. Turnirda eng ko‘p ochko olgan jamoalar g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan ochkolari ham inobatga olinadi. 4.2. Agar sovrinli o‘rinlar uchun ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochko olsa, unda ular o‘rtasida birinchi to‘g‘ri/noto‘g‘ri javobgacha qo‘shimcha savollar beriladi. Sovrinli o‘rinlarga da'vogarlik qilmaydigan bir nechta jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilmaydi. V. Apellyatsiya tartibi 5.1. Turnirda yuzaga keladigan vaziyatlarni hal qilish uchun Apellyatsiya hay'ati (keyingi o‘rinlarda – AP) tashkil etiladi. 5.2 Har bir tur yakunida jamoalar natijalari e'lon qilingach jamoalar APga murojaat bilan chiqishi mumkin. Turdagi har bir savol berilgandan so’ng apellyatsiya berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5.3. Quyidagi mazmundagi apellyatsiyalar qabul qilinadi: 1) javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya – jamoaning hisob komissiyasi ochko bermagan savol(lar)ga bergan javobini hisoblash uchun qilgan murojaati; 2) savolni noto‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya – jamoaning savol matnida yoki javobida faktik xatolar borligi uchun savolni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qilgan murojaati. Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning javobini hisoblash yoki hisoblamaslik bo‘yicha) qabul qilinmaydi. 5.4. Apellyatsiyalar faqat jamoa sardorlari tomonidan yozma ravishda beriladi. 5.5. Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortiq vakilning AP oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralishishi qat'iyan man etiladi. Ushbu holatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish huquqidan mutlaqo mAPrum etiladi va shu holat yuz bergungacha apellyatsiya natijasida hisoblangan ochkolari ham bekor qilinadi. 5.6. Apellyatsiya maxsus tayinlangan AP tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonga boshqa shaxslarning aralashishi taqiqlanadi. 5.7. AP 3 nafar a'zo va 1 nafar kotibdan iborat bo‘ladi. AP kotibi ovoz berish va muhokamada qatnashish huquqiga ega emas. U AP qarorining rasmiylashtirilishiga yordam beradi. 5.8. AP ochiq ovoz berish yo‘li orqali qaror qabul qiladi. Bunda oddiy ko‘pchilik ovoz qoidasi amal qiladi. Ya'ni 3 kishidan 2 kishi “ha”, 1 kishi “yo‘q” deb ovoz bergan bo‘lsa, unda o‘sha javob qabul qilinadi yoki aksincha. AP a'zolari betaraf qolishi mumkin emas. 5.9. Agar savolning noto‘g‘riligi uchun apellyatsiya tushmagan bo‘lsa, unda AP savolni o‘z tashabbusi bilan hisobdan chiqarish huquqiga ega emas. 5.10. Agar AP qarori natijasida noto‘g‘ri savol hisobdan chiqarilsa, unda o‘sha savol uchun barcha jamoalarning ochkolari bekor qilinadi va o‘sha savol bo‘yicha apellyatsiyalar ham ko‘rib chiqilmaydi. 5.11. Javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya kelib tushmagan bo‘lsa ham, AP xuddi shu savol bo‘yicha berilgan boshqa apellyatsiya natijasida jamoalarga ochko yozishi mumkin. Masalan, savolning to‘g‘ri javobi “chiston”. Bir jamoa “she'riy topishmoq” degan qabul qilinmagan javob variantiga apellyatsiya berdi. AP tomonidan ushbu javob varianti to‘g‘ri deya qabul qilindi va jamoaga ochko berildi. Bunday vaziyatda apellyatsiya bergan yoki bermaganidan qat'i nazar, “she'riy topishmoq” variantini yozgan barcha jamoalarga ochko taqdim etiladi. 5.12. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling