Iv bob. Iqtisodiy sohani ma'muriy-huquqiy tartibga solish
Davlat iqtisodiy faoliyatini ma'muriy-huquqiy
Download 43.66 Kb.
|
Berdaq aga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi
4.2. Davlat iqtisodiy faoliyatini ma'muriy-huquqiy
tartibga soluvchi boshqaruv organlari Iqtisodiy sohaning har qanday davlat va jamiyat hayotida Ushbu sohaning muhimligi shundaki, u ko'p tarmoqli, ko'p qirrali muhim o'rin tutishini avvalgi paragrafimizda ta'kidlagan edik. hisoblanadi. Misol uchun, iqtisodiy soha tushunchasi o'z ichiga iqtisodiyot, moliya, bank va investitsiya sohalarini ham qamrab oladi. Shuning uchun ham bugungi kunda ushbu sohaga oid ko'plab huquq tarmoqlari shakllangan va rivojlanmoqda. Bular moliya huquqi, budjet huquqi, soliq huquqi, bojxona huquqi, bank huquqi, sug'urta huquqi, valyuta huquqi, investitsiya huquqi. Bularning barchasi Ma'muriy huquqning tarmoqlari hisoblanadi. Chunki yuqorida nomi atalgan tarmoqlarning barchasini ma'muriy-huquqiy tartibga solish bilan shug'ullanadigan ma'lum ommaviy boshqaruv organlari mavjud. Ushbu paragrafimizda iqtisodiy va sanoat hamda davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari haqida fikr yuritamiz. Ularning faoliyati huquqiy asoslarini va asosiy funksiya hamda vakolatlarini tahlil qilamiz. Ushbu yo'nalishdagi strategik ahamiyatga ega bo'lgan davlat boshqaruvi organlaridan biri bu Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligidir. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa qonunosti hujjatlariga asosan o'z faoliyatini olib boradi. Ushbu idora mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va industrial rivojlanishi hamda investitsiya sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 127 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: ✔️ Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish ✓ O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq vazirligi, Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda inson kapitalini ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi, Madaniyat rivojlantirish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; va yuritish; holda hududlarni ✔️ Ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish; ✓ Asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo'yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish: ✓ Davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarni qo'llanilishi bo'yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish; ✓ Yangi barpo etiladigan yondosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish, hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish va moliyalashtirish; ✓biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab- quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish; ✓ mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan oʻrta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha takliflarni ishlab chiqish¹. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvo- fiqlashtirish va yuritishda, xususan: O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining rasmiy veb sayti ma'lumotlari. https://mineconomy.uz/uz/info/331. 128 a) makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning tahlili va prognozi, iqtisodiy boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etishda: makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, bozor islohotlari jarayonlarining tahlili asosida iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha tizimli monitoring va tahlilini amalga oshiradi; iqtisodiyotning mavjud salohiyati hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda iqtisodiy rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli strategiyasi va makroiqtisodiy senariylarini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; mavjud tashqi sharoitlarni, monetar va fiskal siyosatning joriy holatini baholash asosida qisqa, o'rta va uzoq muddatli prognozlarga hamda makroiqtisodiy siyosat yo'nalishlariga tegishli o'zgartirishlar kiritib boradi; -iqtisodiyotni boshqarishda bozor usullari va mexanizmlarini joriy etishni kengaytirish, iqtisodiyotni davlat tomonidan tar solishni qisqartirish va optimallashtirish bo'yicha takliflarni tanqidiy tahlil asosida ishlab chiqadi va boshqalar; b) milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishda: hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida o'rta va yaqin muddatlarga mo'ljallangan tovarlarning asosiy guruhlari bo'yicha tashqi savdo prognozini shakllantiradi; - eksport tarkibi va hajmining chuqur tahlili asosida O'zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo'yicha amaliy choralar ishlab chiqish, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini aniqlaydi; makroiqtisodiy parametrlar va to'lov balansi bilan uyg'un- lashgan holda tashqi savdoni rivojlantirish prognoz parametrlarini, xususan tovar (ish, xizmat)lar importi ko'rsatkichlarini va eksport prognozini ishlab chiqadi va boshqalar. 2. Kambag'allikni qisqartirish borasida: iqtisodiy o'sishning inklyuzivligini tahlil qilish asosida kambag'allikni qisqartirish bo'yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi; - xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda muta- saddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda kambag'allikni qisqar- tirishga qaratilgan dastur va «yo'l xarita»larini ishlab chiqadi; - 129 kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; bazani takomillashtirish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan normativ-huquqiy kambag'allik darajasini o'lchashning milliy mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan uslubiyotni ishlab chiqadi va 3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish soha- boshqalar. sida: borishini belgilaydi; - hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o'rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali tarkibiy o'zgarishlarning hududlarda foydalanilmagan mehnat zaxiralarini va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi. Bunda, tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi; hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida loyihalarni, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek iste'mol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va boshqalar. 4. Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida: biznesni rivojlantirishni rag'batlantirish yo'lida iqtisodiyot tarmoqlari va kichik sanoat zonalarida xususiy sektorning ulushini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali mamlakatda kichik va o'rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritadi; - mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiy o'sishni ta'minlashda kichik va o'rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini sohani rivojlantirish borasida fundamental to'siq va muammolarni bartaraf etish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida vazirlik, vazirlikning tuman va shahar bo'limlari, vazirlikning hududiy 130 boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha amaliy chora- tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi; . biznes muhitini yanada yaxshilash va qonunchilik bazasini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, shuningdek, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi va boshqalar. yagona 5. Sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish industrial siyosatni yuritish, jumladan: a) sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi (modeli) ni ishlab chiqish sohasida: erkin bozor munosabatlariga asoslangan sanoat siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. Bunda, sanoat raqobatbardoshligini oshirish, uning salohiyatli drayverlarini aniqlash, baholash hamda ularni harakatga keltirishni nazarda tutuvchi sanoatni rivojlantirishning o'rta va uzoq muddatli strategiyalari(modellari) ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; tendensiyalarini tahlil qilish indikatorlarini yuritadi hamda respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish hajmlari, ichki bozor talabining qoplanish darajasi yuzasidan tahlillar o'tkazadi hamda takliflar tayyorlaydi va boshqalar; sanoatni rivojlantirish b) tovar bozorlaridagi muvozanatni ta'minlash bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: geologik tadbirlarni amalga oshirish va tabiiy yer osti boyliklaridan unumli foydalanish siyosatini yuritishda ishtirok etadi. Bunda, iqtisodiyotni mineral xomashyo resurslari bilan barqaror ta'minlashda foydali qazilma konlari zaxiralarini oshirishni nazarda tutuvchi yo'nalishlar bo'yicha tahlillarni amalga oshiradi va takliflar tayyorlaydi; - foydali qazilma konlarini geologik o'rganish va sanoat yo'li bilan o'zlashtirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish bo'yicha geologiya-iqtisodiy takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik sanoat korxonalari o'rtasida hamkorlikni kengaytirish uchun shart- sharoitlar yaratadi; - 131 yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bazaviy tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturlarini a boshqallar ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta'minlaydi va Yuqoridagi sanab o'tilgan mamlakatning muhim iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda vazirlik tuzilmasida tegishli boshqarma va bo'limlar, jamg'arma va markazlar, departament va agentliklarda yuzlab davlat xizmatchilari faoliyat yuritadi! Vazirlik o'z faoliyatida quyidagi qonunlarning bevosita ijrochisi hisoblanadi: - O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 22-maydagi «Elektron tijorat to'g'risida»gi O'RQ-385-sonli Qonuni; O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustdagi «Investitsiya va pay fondlari to`g`risida»gi O'RQ-392-sonli Qonuni - O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi «Inves- titsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi O'RQ-598-sonli Qonuni va boshqalar. Shu kungacha vazirlik tomonidan ko'plab strategik rejalash- tirish va prognozlashtirish natijalari bo'yicha mamlakat iqtiso- diyotini yanada rivojlantirish, hududlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishda muvozanatni ta'minlash va tadbirkorlikni, xususiy biznesni rivojlantirish uchun bir qator qonun osti hujjatlari tayyorlanib amaliyotga joriy etilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-dekabrdagi Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta'minotini tubdan yaxshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-1874-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi «Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-4302-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi 31-sonli qarori tayyorlanib tegishli tartibda amaliyotga joriy etilgan. 1 Davlat xizmatchilari atamasini batafsil o'rganish uchun mazkur dasrlikning III bobi mazmuniga qarang. 132 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vakolatli organ huquqiy asoslarini o'rganish natijalari bo'yicha shuni alohida ta'kidlash kerakki, uning davlat mexanizmining tarkibiy bir elementi sifatida ideal darajada erishishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini minimal darajada saqlash xo'jaligida faoliyat yurituvchi xususiy sektorning ulushi ortishiga va shu tariqa sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va qishloq zamin yaratish; - aholi ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy ahvolining jahon standartlari darajasidan past bo'lmagan ko'rsatkichlariga erishish; mamlakatning barcha hududlari mutanosib rivojlanishini ta'minlash; - mamlakatda eksport salohiyatining importga nisbatan lozim darajadagi ustunligini doimiy saqlab turish; -aholi daromadlarini oshirish va kambag'allikni qisqartirishning samarali mexanizmlarini yo'lga qo'yish; mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash. Aynan shu mezonlarga erishishda tizimli ravishda aniq va biri ikkinchisini takrorlamaydigan mustahkam huquqiy asoslarga ega boʻlgan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organi davlat va jamiyat rivojining garovidir.
Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling