Iv bob. Iqtisodiy sohani ma'muriy-huquqiy tartibga solish
Download 43.66 Kb.
|
Berdaq aga
4.3. Davlat moliyaviy faoliyatini ma'muriy-huquqiy tartibga soluvchi boshqaruv organlari yalpi ichki mahsuloti ko'rsatkichi, makroiqtisodiy barqarorlik va Iqtisodiy sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mamlakatning umumdavlat darajasidagi rivojlanish istiqbollari masalalari bo'yicha huquqiy asoslangan faoliyatni amalga oshirsa, moliya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari davlatning markazlashgan pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning maqsadli sarflanishi bo'yicha nazoratni olib borish yo'nalishida huquqiy siyosatni amalga oshirish bilan shug'ullanadi. O'zbekiston Respublikasidagi davlat bering. moliyaviy faoliyatini ma'muriy-huquqiy tartibga soluvchi vakolatli - davlat organlariga: - O'zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi; - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qo'mitasi; - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi taalluqli. Ushbu davlat boshqaruvi organlari o'z faoliyatini asosan quyidagi qonunlarga tayanib amalga oshiradi: O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi; - Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi; - O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi; - O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi 358-II-sonli Qonuni; - Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi 78-II-sonli Qonuni; - O'zbekiston Respublikasi 2016-yil 13-apreldagi «Buxgalterlik hisobi to'g'risida»gi O'RQ-404-sonli Qonuni; O'zbekiston Respublikasi 1997-yil 29-avgustdagi «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi 474-I-sonli Qonuni; O'zbekiston Respublikasi 2018-yil 18-oktabrdagi «Davlat bojxona xizmati to'g'risida»gi O'RQ-502-sonli qonunlaridir. 134 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi normalariga ko'ra: davlat maqsadli jamg'armalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari va xarajatlarini ko'rib chiqadi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko'rib chiqish uchun taqdim etadi; O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va Davlat bojxona qo'mitasiga Davlat budjetining daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi; birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag'larini taqsim- lovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag'larni taqsimlash, shuningdek, navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarni yuboradi; - o'rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo'yicha yagona uslubiy qo'llanmalar to'plamini (sirkulyarni), shuningdek, Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag'larning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta ko'rib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti to'g'risidagi Qonun qabul qilingan kundan e'tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablag'- larini taqsimlovchilar uchun O'zbekiston Respublikasining respub- lika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablag'lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarning takliflari asosida ikkinchi darajali budjet mablag'larini taqsim- lovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag'larga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasiga ma'qullash uchun kiritadi; Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchilar ro'y- xatini tasdiqlaydi; 135 loyihalarini tayyorlash bo'yicha tavsiyalar yuboradi; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, vilo- yatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag'larini taqsim- lovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smeta- larini, shtat jadvallarini, shuningdek, ularga kiritilgan o'zgartirish- larni ro'yxatdan o'tkazadi; budjet tizimi budjetlarining mablag'laridan maqsadli foyda- lanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; o'z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin¹. Mamlakatning bosh moliyaviy idorasi budjet-huquqiy sohasini boshqarishdan tashqari tartib-taomillar bilan bog'liq bo'lgan ma'muriy protsessni ham amalga oshiradi. Jumladan, sug'urta va auditorlik faoliyatlarini litsenziyalash, shuningdek, auditor va buxgalterning malaka sertifikatlarini olish uchun qilgan murojaatlari asosida malaka imtihonlarini tashkillashtirish. Davlat budjeti bilan bog'liq bo'lgan budjet-huquqiy munosa- batlar uning shakllanishi, taqsimlanishi va ijro etilishi kabi qismlarga boʻlinadigan bo'lsa, uning oxirgi ikki qismini Moliya vazirligi o'z qonuniy vakolatlari orqali tartibga soladi. Davlat budjetining shakllanishida esa yana bir o'ta muhim davlat boshqaruvi organi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning (bundan buyon matnda soliqlar deb yuritiladi) budjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini ta'minlash maqsadlarida tuziladi. 1 Davlat soliq xizmati organlari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu qonunga, boshqa qonun 1 O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-yil, 52-1-son. 2 Ma'muriy protsess va ma'muriy tartib-taomillar tushunchalari to'g'risida mazkur darslikning VII va VIII boblarida atroflicha ma'lumot olishingiz mumkin. 136 hujjatlariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi. Davlat soliq xizmati organlari o'z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlarining o'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to'lovchilar shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun yuridik majburiydir. Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar boʻlib, respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ta'minlanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o'z nomi bitilgan muhrga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi markaziy apparati tuzilmasi uning xodimlari cheklangan soni bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi to'g'risidagi nizom, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to'g'ri- sidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to'g'ri hisoblab chiqarilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratni ta'minlash; soliqlarning soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg'armalariga to'liq hamda o'z vaqtida tushishini ta'minlash; soliq to'lovchilarni va soliq solish obyektlari o'z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta'minlash, ularning to'liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg'or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish; - soliq solinadigan bazani kengaytirish bo'yicha tahlil qilish va ta'sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy 137 ko'rsatkichlarning o'zgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta'sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig'ilishi bo'yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha kompleks tadbirlarni bajarish; pul mablag'larining g'ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to'liq va o'z vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta'minlash; chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq to'lovchilarga soliq to'lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish bo'yicha muloqotsiz elektron xizmat ko'rsatishga o'tish yo'li bilan amalga oshirish; soliq to'lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko'maklashish; soliqlarning ixtiyoriy ravishda to'lanishini ta'minlashga qaratilgan, soliq to'lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha ishlarni takomillashtirish; xo'jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxs- larning faoliyatini rag'batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish; 138 bozor va savdo komplekslarining moliya-xo'jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazib, jinoyat ishlarini tegishliligiga ko'ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat budjetini shakllantirish masalalari bo'yicha hamkorlik qilish; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog'ida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o'z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish; 138 kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, soliq organlarini yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega bo'lgan malakali xodimlar bilan to'ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, xodimlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni o'tashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini ta'minlash. Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling