Iv bob. Konsultatstiya bosqichlari


Psixokorrekstion ishlarda mijozga psixologik ta’sir


Download 62.73 Kb.
bet18/20
Sana22.11.2023
Hajmi62.73 Kb.
#1794777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
IV Bob.Konsultatstiya bosqichlari.

Psixokorrekstion ishlarda mijozga psixologik ta’sir o’tkazish quyidagilarga qarab baholanadi: a). Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o’zgarganligi. b). Ta’sir etgandan so’ng mijozning ijobiy tomonga o’zgarishi.
Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda quyidagi metodlarni ishlatish mumkin: ishontirish, verbal va noverbal ta’sir etish, paralingvistik ta’sir, rag’batlantirish, jazolash va hk. Ular insonning somatik fiziologik va psixik funkstiyalarini baholaydi. Psixokorrekstion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o’zgarishlarni aynan uni o’ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorrekstion metodlar ta’siri shu o’zgarishlarga qaratilganligini hisobga olish bilan bog’liqdir. Korrekstion psixologiya, yuqorida aniqlaganimizda, mijozning qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan ruhiy rivojlanishining xususiyatlarini «to’g’rilashga», qaratilgan mutaxassisning faoliyatini aks ettiradi Korrekstion psixologiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va turli xususiyatlari shuningdek sub’ektiv vokeligidan kelib chiqib tushuntiriladigan shaxs resurslarini faollashtiruvchi va me’yorga mos keluvchi holatga olib kelishdir.
Korrekstion psixologiya ta’sirining asosiy quroli sifatida psixolog chiqadi va korrekstion jarayon psixolog - mijoz juftligida kechadi. Mijozlarning turli xil talablarini va shakllangan vaziyatga munosabatlarini to’rtta asosiy strategiyaga birlashtirish mumkin.
1) vaziyatni o’zgartirish;
2) vaziyatni o’zgartirish uchun o’zini o’zgartirish;
3) vaziyatdan chiqib ketish;
4) mazkur vaziyatda xayotni yangi xususiyatlarini tanish.
Korrekstion psixologiyaning so’ngi vazifalari uchta asosiy soxalarni istalgan o’zgarishlariga erishishidir:
- kognitiv;
- emostional; (his- tuyg’u).
- o’zini tuta bilish.
Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korrekstion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o’z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga olgan xolda tuzish maqsadga muvofiq, o’rta maxsus ta’limi o’quvchilari bilan murabbiylar o’rtasidagi nomutanosiblikni yo’qotish maqsadida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish: ulardagi o’qishdan, ijtimoiy muxitdan, egallagan o’rnidan, mavqeidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o’yinlari, psixodramadan foydalaniladi, emostional zo’riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jixozlash (xona jaxon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, audiotrening, sostial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo’lishi lozim).
Korrekstion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emostional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg’ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yuqotish imkonini yaratadi.
Hal qilishning psixologik shartlari, ta’lim –tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo’llari yuzasidan yordam ko’rsatish zarur. Bolalar, o’quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini xal qilishda baholi kudrat kumak berishi darkor. Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik xolatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar beriladi. Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini aytsak- pedagogik odob bilan tushuntirish, berilayotgan ko’rsatmalarga ularni ishontirishi shart. Barcha qoidalarga va tasdiklangan hujjatlarga rioya kilingan xolda o’tkaziladigan ishlarni qayd qilish va belgilashi lozim.
O’z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o’z muddatida axborot berib borishi, qabul kilingan hisobot shakllariga xech og’ishmasdan rioya qilishi kerak.

Download 62.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling