Iv bob. Konsultatstiya bosqichlari
Korrekstion ishlar qanday tartibda o’tkaziladi?
Download 62.73 Kb.
|
IV Bob.Konsultatstiya bosqichlari.
Korrekstion ishlar qanday tartibda o’tkaziladi?
Ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emostional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg’ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yuqotish imkonini yaratadi. Odamovi bola bilan korrekstion ishning mohiyati bolani atrofdagilar bilan emostional munosabat o’rnatishiga yordam berishdan iborat. Buning uchun ota-onalarning bittasi bola bilan emostional aloqa o’rnatishda Odamovi bola bittagina oynasi ochiq qolgan xonaga o’xshaydi (masalan, ota-onalarning bittasi bilan munosabat). Korrekstiyada bu imkoniyatdan foydalanishi kerek, ammo unitmaslik kerakki, agar u ijtimoiy samara bermasa ham munosabat o’rnatishning oxirgi yo’li yopilishiga yo’l qo’ymaslik psixologning burchi. Korrekstiyaning bu qoidalari odamovi bola bilan ishlashning asosiy yo’nalishlarini beradi: Buzilishga olib kelgan sabablarini bartaraf etish. Bolaning muloqotga bo’lgan ehtiyojini, kattalar va tengdoshlar bilan munosabatini tiklash yoki qayta qurish. Bolaning oila va tengdoshlar guruhi bilan munosabatlarini tartibga solish (nafaqat bolani boshqa odamlarga «o’girish», balki bola ular o’ylaganidek, yomon yoki yovo’z emasligini ko’rsatish). Bolaning muloqot malakasi ta’limi va aloqa o’rnatish. Bola ta’sirchanligining yuqoriligi sababli korrekstiya juda qiyin kechadi, shu sababli u sekin-asta olib borilishi kerak. Odamovi bola bilan diagnostika ishi quyidagilar bo’lishi mumkin: Birinchi uchrashuvda psixolog bolaga to’g’ridan-to’g’ri savol berishdan (Sening oting nima? kabi), bolaga ko’z tashlab qo’yishdan, uning «o’ychanligini» aniqlash uchun «yopishib» olishdan, kuchli sezgi uyg’otishdan qochish kerak. Bola bilan munosabat o’rnatishning boshlanishida bosim o’tkazmaslik lozim. Munosabatda salbiy tajribaga ega bo’lgan bola uni yana o’zi uchun yoqimsiz bo’lgan vaziyatga tortayotganlarini tushinmasligi lozim. Psixolog qilayotgan harakat bolaning o’zi qilayotgan harakat ramkasidan chiqmasligi lozim. Unga o’zining o’yinini taklif qilish emas, balki bola nima qilayotganligini kuzatib u bilan birga shug’ullanishi lozim. psixologik maslahat berish sohasidagi insonlar: psixolog, o’qituvchi ilmiy bo’lim mudiri tarbiyaviy ishlarni tashkil qiluvchilar ham ma’lum darajada psixologiyadan xabardor bo’lmoqlari lozim, chunki sanab o’tilgan kasb egalari individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan turli yoshdagi bolalar bilan ishlaydilar. Har bir bola faqat o’ziga xos bilish ruxiy jarayonlari,ya’ni sezgi, idrok, dikkat, xotira, tafakkur, tasavvurlari, individual-psixologik xususiyatlari, xarakteri, temperamenti, kobiliyatlari, emostional-irodaviy soxasi, xissiyoti, emostiyalari, irodaviy xulq atvor xususiyatlari, faoliyat motivastiyasiga ega bo’ladi. Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo’lmaydi. Bolaning har bir yoshi o’z qiyinchiliklariga ega bo’ladi va o’ziga nisbatan maxsus munosabatda bo’lishini talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jixatdan to’g’ri keladigan va yaroqli bo’lgan usul ko’pincha o’smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo’lishi mumkin. O’qituvchining bilishi mutloqo zarur bo’lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo’ladi. Download 62.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling