Iv bob. Konsultatstiya bosqichlari


Intervyu – og’zaki so’rov yordamida ijtimoiy ruhiy ma’lumotlar olish usulidir. Intervyuning ikki xil turi mavjud: erkin va standarlashtirilgan. Erkin intervyuda


Download 62.73 Kb.
bet15/20
Sana22.11.2023
Hajmi62.73 Kb.
#1794777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
IV Bob.Konsultatstiya bosqichlari.

Intervyu – og’zaki so’rov yordamida ijtimoiy ruhiy ma’lumotlar olish usulidir. Intervyuning ikki xil turi mavjud: erkin va standarlashtirilgan. Erkin intervyuda suhbat mavzusi va shakliga bog’liq emas va zarur ma’lumot olish uchun mijoz bilan hamkorlik qilishga mo’ljallangan. Standartlashgan intervyu shakliga ko’ra anketaga yaqin, biroq kengroqdir. U muammoni tushunish uchun maslahatlashuv jarayoni boshida juda foydalidir. Olingan ma’lumotlar keyinchalik aniqlashtiriladi va yangi fikrlarni ilgari surishda foydalaniladi. Yutuqlari: ma’lumotliligi, vaqtni tejash, natijalarni miqdoriy aks etish. Kamchiligi: keyinchalik himoya mexanizmlarini faollashuvi natijasida bevosita xulq-atvor reakstiyalarini susayishi, mijoz bilan emostional aloqani yo’qotish xavfi mavjud.
Kuzatish – mutaxassis tomonidan mijozni ruhiy ko’rinishlari maqsadga yo’naltirilgan va idrok qilgan holda qabul qilinishiga mujassamlashgan ruhiy tadqiqotning elektrik usulidir. Mutaxassisga mijoz haqida ma’lumot to’plash, voqelikni ahamiyatli lahzalarini ajratib olish, uning holatidagi o’zgarishlarni kuzatishga imkon beradi. Psixologik testlar – alohida biror-bir ruhiy holat yoki xususiyatni rivojlanishi yoki holati darajasini o’lchashning standartlashtirilgan usulidir. Psixokorrekstiya doirasida testlar mijoz muammosi turiga qarab tanlanadi va idealda jarayon dinamikasini kuzatish uchun psixokorrekstiyaning boshida, o’rtasida, oxirida qo’llaniladi. Psixologik qo’llab-quvvatlash butun psixologik yordam davomida olib boriladi va verbal hamda noverbal bosqichlarda mutaxassisni mijozga nisbatan intonastiyasini ifodalanishi bilan namoyon bo’ladi.
Verbal darajaga bevosita so’zlar, so’z birikmalari, metaforalardan mijoz o’z nutqida foydalanishi, hamda hamdardligi va tushunishining yaqqol ko’rinishlari kiradi.
Noverbal darajaga: 1. «tana tili» (holati, imo-ishora, mimika);
2-psixofiziologik reakstiyalar (teri qoplamalari rangi, nafas olish chuqurligi va tezligi, ter ajralish darajasini o’zgarishi va xokazolar)
3-tovushlari xarakteristikasi (ohang, temp, intonastiya)
Noverbal bulmagan ma’lumotlar asosida qilingan taxminlarni haqiqiyligini mijoz bilan birga qayta tekshirish talab qilinadi. Bu imzosiz bulmagan ma’lumotlarni bir qator omillar yordamida aniqlash bilan asoslanadi. Masalan voqealar konteksti, mijozni shaxsiy xususiyatlari, yaqin odamlari bilan o’zaro munosabatlari va boshqalar. Mutaxassis ularning ko’pchiligi haqida bilmasligi mumkin, bu esa u olayotgan ma’lumotlarga noto’g’ri ma’no berishi va natijada muammoni mohiyati va uni echimi haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga olib keladi.
Muammoni echish yo’llarini izlaganda ushbu muammoni paydo bo’lishiga olib keluvchi his tuyg’u, kechinmalar-maqsad, talabalar-harakati, boshqalar reakstiyasi, sabablar zanjirini ajratib olishi zarur.
Psixokorrekstiya dasturini shakllanish jarayonida mijozga uning shakllanishdagi hamda psixokorrekstiya dasturini amalga oshirishdagi javobgarligi darajasini tushuntirish, shuningdek mijozning imkoniyatlarini aniqlash kerak.Mijozning imkoniyatlarini aniqlash dialog (so’zlashuv) va eshitish usullari yordamida olib boriladi.

Download 62.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling