Iv bob. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari
Download 429.08 Kb.
|
tajriba
IV BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA UNING NATIJALARI. 4.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi Davlatimiz mustaqillikni qo`lga kiritgan dastlabki davrlardanoq intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan davlat siyosatini olib bormoqda. Bo` yo`lda amalga oshirilayotgan asosiy vazifalardan biri mustaqil O`zbekistonni rivojlanishiga asos bo`ladigan yangi ta`lim tizimini yaratilishidir. 2020 yil sentyabrda qabul qilingan yangi ta’lim to’g’risidagi Qonunda O’zbekistondagi ta’lim tizimi, uning turlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu davrgacha bo’lgan islohotlar, endi yangi sifat bosqichiga ko’tarish uchun xarakat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan o`zbek pedagogi Abdulla Avloniy o`zining “Turkiy guliston yoxud axloq» asarida ilmning amaliy va hayotiy ahamiyatini nazarda tutib shunday fikrlarni bildirgan edi: «Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. To`g`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas`ud bo`lishimizga sabab bo`lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur1”. Pedagog olim o`z fikrini davom ettirib, faqatgina amaliy ahamiyatga ega bo`lgani uchun fanlarni o`rganish to`g`ri bo`lmaydi. Shunday ilmlar ham borki, ular to`g`ridanto`g`ri amaliyot, hayot bilan bog`lanmagan. Biroq ular insoniyat taraqqiyoti, jamiyat rivoji uchun amaliy bilimlardan kam bo`lmagan ahamiyatga egaligini alohida ta`kidlaydi. Tarix fanining bugungi kundagi ahamiyatini esa, siyosiy fanlar doktori, professor N. Jo`raev quyidagicha izohlaydi: “Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, histuyg`ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o`tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma`naviyruhiy kechinmalari, sodir etgan voqeahodisalari, maqsadintilishlari haqidagi fandir. Aslini olganda tarix faqat o`tmish haqidagi ma`lumotlar, xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o`tmishni o`rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo`naltirish borasidagi fikrlarni, g`oyalarni o`zida mujassam etganida! Agar biz tarixga anna shu nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, uning butun ko`lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz2”. Olim tarix tushunchasini «insoniyat tarixi» tarzida qo`llashni taklif etadi. Mazkur tarixiy falsafiy yondashuv yoki «Insoniy tarix» konsepsiyasi shu paytgacha biz qo`llab kelayotgan “Tarix” degan rasmiy tushunchadan boy va ustun. Chunki bu talqinda tarixni yaratgan Inson, uning ma`naviyati, shodlik va qayg`ulari, orzulari tadriji yaqqol sezilib turadi. Tarixning, aslida, inson haqidagi fan ekanligi ta`kidlanadi3. Demak, tarix fanining vazifasi o`quvchilarga quruq raqambozlik, solnomachilikni o`rgatishdan iborat emas, aksincha uning mazmunini o`zlashtirish orqali o`quvchilarni ijtimoiy hodisalarni mustaqil anglashga, mamlakatimiz rivojining barcha sohalariga faol va ijodiy tarzda ishtirok etishga tayyorlashdan iborat bo`lishi lozim. Mazkur vazifa o`z tabiatidan kelib chiqib, fikrlashni rivojlantirish, o`quvchining o`rganilayotgan voqea va zamonaviy jamiyat hodisalarini mustaqil anglay olishini talab etadi. Buningsiz ularni to`g`ri baholay olish, o`z munosabatlarini zarur harakatlarga yo`naltira olish mumkin emas. Mana shuning uchun mustaqil fikrlashni shakllantirish tarix fanini o`qitishning bosh sharti va vositasi tavsifini o`zida ifoda etadi. Bu yerda gap tarix fanini o`qitish jarayonida o`quvchilarni o`ylash, mustaqil va ijodiy o`ylashga o`rgatish haqida borayapti. Chunki tarix darslarida o`quvchilarni tarixiy fikrlashga o`rgatish yaxlitlikda shaxsda mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradi. Tarix fanining mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi eng katta imkoniyatidir. Birinchi Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asari bilan tanishib chiqish orqali biz bunga to`la amin bo`lamiz. Quyidagi fikrga e`tibor qaratish lozim: “Har kanday sivilizasiya ko`pdanko`p xalklar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta`sirining mahsulidir. Bir so`z bilan aytganda, ko`chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy koladi, uning madaniyati abadiy yashaydi4”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ta’lim-tarbiya masalasiga to’xtalib: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining batcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz5”-deb ta’kidlagan edi. Xalqlar va ularning madaniyatining abadiy yashashi haqida bildirilgan mazkur fikr tarixiy jarayonlarni chuqur anglab yetish natijasidir. Tarixiy haqiqatni chuqur anglab yetmaslik esa tor doiradagi hamda boshqalarga qaram bo`lib qolgan fikrlashni keltirib chiqaradi. O`quv materialini o`rganishda tarixiy yondashuv bilan darslarda qiziqish paydo bo`ladi. Cunki har bir narsa va hodisalar o`zining taraqqiyot jarayonida ma`lum bir davrlarni bosib o`tgan. Biror bir narsa yoki hodisa haqida gapirilganda, uning qanday paydo bo`lganligini bilish kishida, shu jumladan, o`quvchilarda qiziqish uyg`otadi. Bu esa ayniqsa, fanlar tarixidagi yangi, noma`lum faktlar, olimlarning hayot va ijod yo`li, ilmiy tavsifdagi ma`lumot hamma vaqt o`quvchilarning diqqatini o`ziga tortadi, ular o`quvchilarning ko`zlariga ilmiy izlanishlar darajasiga ko`tariladi, fan taraqqiyoti jarayonini yorqin aks ettiradi. Masalan, dastlabki astronomik bilimlar qadimgi Misrda Nil daryosining toshishi vaqtini bilish asosida kelib chiqqanligi hammaga birday qiziq6. Yoki odamning paydo bo`lishi va rivojlanishi masalasi o`rganilar ekan, unga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuv ushbu masalaga qiziqish hosil qilishi, tabiiy.7 Bilimlarning amaliy roli tahlili, tadqiqotchilar ma`lumotlariga ko`ra, bilishga qiziqishning, ayniqsa, o`smirlarda rivojlanishi uchun ancha dolzarb sanaladi, zero bilish va tajriba yetishmasligi bois o`smir yoshidagi o`quvchilar o`quv materialining nazariy ahamiyatining to`laqonli baholay olmaydi. Olingan bilimlarni amalda qo`llash imkoniyati ular uchun juda katta rag`batlantiruvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun biz tarix darslarida bilimlarni amaliyotga tadbiq etib borishga harakat qilamiz. 6-sinfda «O`rta Osiyo xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashlari» tarixi o`rganilayotganda, rolli o`yinlarning tashkil etilishi o`quvchilarning bilishga qiziqishini oshiradi. Masalan, o`quvchilar ishtirokida To`maris, Shiroq, Spitamen qahramonliklari va jasoratini ifoda etuvchi kichik sahna ko`rinishlarini namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Yoki bo`lmasa, qo`zg`olonlar va urushni kelib chiqish sabablarini o`rganar ekanmiz, odatda ularning kelib chiqmasligi uchun qanday sabablar lozimligini topishga ham o`rgatish lozim. Buni ijobiy tomoni shundaki, o`quvchilar o`zlari uchun foydali amaliy ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar8. O’qitish metodi deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.9 Ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuasidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.10 Tarix darslarni mazmunili va samarali tashkil etish uchun quyida bir necha ta’limning interfaol metodlarini sanab o’tamiz. Download 429.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling