Iv bob. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari


Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin


Download 429.08 Kb.
bet3/15
Sana18.06.2023
Hajmi429.08 Kb.
#1586161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
tajriba

Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning to’g’riligini tekshirish.
Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: Muammolar nazariy yoki amaliy yo’nalishda bo’ladi.
Bu texnologiya “O’zbekistonning madaniy sohadagi xalqaro aloqalari masalalarini o’qitish” mavuzusi yuzasidan o’tkazilsa ham ta’lim jarayonida o’quvchi va talabarning mustqail fikrlashlariga turtki beradi. Mazkur mavzuda ham muammoli vaziyatlar ko’p.
Misol uchun: Madaniy sohadagi aloqalarning O’zbekiston uchun ahamiyati nimada? Taraqqiyotga madaniy aloqalar qanday hissa qo’shadi? Madaniy aloqlarsiz dunyoning tuzulishi qanday bo’ladi? Kabi muammolarni o’rtaga tashlasa bo’ladi.
«Zinama - zina» texnologiyasi
Texnologiyaning harakteristikasi. Ushbu mashg’ulot talaba (yoki o’quvchi)larni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi); bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajrashlgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni erkin, mustaqil mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlash ulardan nazariy va amaliy tushuncha xosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini ko’llay olishga o’rgatish.
Texnologiyaning qo’llanishi: maruza (imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki guruhlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanilishi mumkin.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalar: A-3, A-4 qog’ozlarida tayorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.

Download 429.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling