Iv bob. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari


O’zbekistontonning ilm-fan doirasidagi xalqaro aloqlardagi o’rni


Download 429.08 Kb.
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi429.08 Kb.
#1586161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
tajriba

O’zbekistontonning ilm-fan doirasidagi xalqaro aloqlardagi o’rni

F-Fikringizni bayon eting;




S-fikringiz bayoniga sabab ko’rsating;




M-ko’rsatgan sababingizni asoslovchi dalil keltiring;




U-fikringizni umumlashtiring;






Bu texnologiya talabalarni mustaqil firlashga va mustaqil xulosalar berishga yordam beradi.


Skarabey” texnologiyasi
«Skarabey» interfaol texnologiya bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)larda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiralarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda o’z bilimlarining sifati va saviyasini xolis baholashga, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlashga zamin yaratadi. U ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga ham xizmat qiladi.
«Skarabey» texnologiyasi universal texnologiyalardan bo’lib, undan o’quv materiallarini talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan egallashning turli bosqichlarida, ya’ni:
-boshida - o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
-mavzuni o’rganish jarayonida — uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; mavzu mazmuni ichidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar harakterini aniqlash, mazmunni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatishda;
-oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida foydalanish mumkin.
«Skarabey» texnologiyasi talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv ko’zatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
“O’zbekistonning madaniy sohadagi xalqaro aloqalari masalalarini o’qitish” mavzusida «Skarabey» texnologiyasidan yakka holdagi ishlarda, kichik guruhlarda va jamoa bo’lib ishlashlarida foydalanish mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur uslub tarbiyaviy harakterdagi qator:
-o’zgalar fikrini hurmat qilish;
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-faollik;
-xushmuomalalik;
-ishga ijodiy yondashish;
-mavjud imkoniyatlarni ko’rsatish;
-o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirish;
-“men”ligini ifodalash;
-o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg’otish kabi sifatlarni shakllantirish imkoniyatini ham beradi.

Download 429.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling