Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi


Bugʻdoy bozorida taklif hajmining ortishi


Download 0.6 Mb.
bet14/17
Sana24.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1718277
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
IV BOB Mikro

Bugʻdoy bozorida taklif hajmining ortishi
Taklif S1 dan S2 ga siljiganda, sotilgan bugʻdoy soni 100 dan 110 ga koʻtarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
Cxizmadan koʻrinib turibdiki, daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.



Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima boʻlganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bugʻdoy soniga koʻpaytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yoʻl bilan ta’sir qiladi. Yangi nav fermerga koʻp bugʻdoy yetishtirishni ta’minlaydi (Q-soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi (P-narx tushadi).


Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bogʻliq. Amaliyotda, bugʻdoy kabi asosiy oziq-ovqatlarga boʻlgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va oʻrnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi kabi talab elastik boʻlmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Cxizmadan koʻrinib turibdiki, daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi. Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bugʻdoy bozorining kichik boʻlagi, u bugʻdoyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va koʻproq bugʻdoy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bugʻdoyga taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipotezadek koʻrinsa ham, oʻtgan asr mobaynida Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy oʻzgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 yil oldin koʻplab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi bilimlar oddiy boʻlgan. Koʻplab Amerikaliklar aholini boqadigan oziq-ovqatni ishlab chiqaradigan fermer boʻlishga toʻgʻri kelgan.
Vaqt oʻtgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi oʻsish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab boʻldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy oʻzgarishning koʻlamini koʻrsatadi. 1950-yilda Qoʻshma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band boʻlgan, bu ishchi kuchining 17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat koʻrsatadi, bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu oʻzgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar koʻproq hosil bermoqda.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xoʻjaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni koʻtarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikboʻlmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar koʻproq daromad oladilar. Hech qaysi bir fermer oʻz yerini tashlab qoʻymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki, fermerlar uchun yaxshi boʻlgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xoʻjaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon boʻla oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qoʻyadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam toʻlaydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yoʻnaltirilsa, bu iste’molchi xarajatlariga aks ta’sir etadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling