Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi
Download 0.6 Mb.
|
IV BOB Mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft narxi Neft hajmi
- Dunyo neft bozorida taklif hajmining qisqarishi (a) Qisqa muddatli davrda neft bozori (b)Uzoq muddatli davrda neft bozori
- Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi
RASM
Neft hajmi Neft narxi 1. Qisqa muddatli davrda, talab va taklif noelastik boʻlganda taklif siljishi %i 2 … narxni keskin o’sishini boshlab beradi 2 … narxni sekin o’sishini boshlab beradi 1. Uzoq muddatli davrda, talab va taklif noelastik boʻlganda taklif siljishi… Neft narxi Neft hajmi
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab va taklif biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizigʻining S1 dan S2ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa taklif va talab biroz elastik. Dunyo neft bozorida taklif hajmining qisqarishi (a) Qisqa muddatli davrda neft bozori (b)Uzoq muddatli davrda neft bozori Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini koʻrsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizigʻini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har biri kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni koʻtarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik boʻlganda, taklifning bir xil kamayishi taklif egri chizigʻini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz oʻsish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel uzoq muddatdan koʻra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini oʻrgandi. Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi? Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi giyohvand moddalardan foydalanishdan iborat. Bu moddalarning koʻplab salbiy ta’siri mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bogʻlanib qolish odamlarning va ularni oilasining hayoti barbod boʻlishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam oʻgʻirlikka va boshqa jinoyatlarga qoʻl uradi. Noqonuniy moddalardan foydalanishni cheklash maqsadida Qoʻshma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablagʻ ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni toʻxtatish siyosatini tekshiramiz. Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir boʻldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizigʻining oʻzgarganini koʻrib chiqamiz. Ikkinchidan, oʻzgarishning qaysi tomonga boʻlganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz oʻzgarish muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini koʻramiz. Garchi narkotiklarni toʻxtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan boʻlsa ham, uning aniq ta’siri xaridorlarga emas balki sotuvchilargadir. Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini toʻxtatgan va koʻplab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga boʻlgan talab, ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni oʻzgarmaydi. 9-chizmada koʻrsatilganidek, taqiq taklif egri chizigʻini chap tomonga S1 dan S2 ga surdi, talab esa oʻzgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P1 dan P2 ga koʻtarildi, muvozanat miqdor esa Q1 dan Q2 ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi shuni koʻrsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi. Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob berish uchun, giyohvand moddalardan foydalanuvchilar toʻlagan pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga boʻlgan talab elastik emas. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling