Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi
Download 0.6 Mb.
|
IV BOB Mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishga qaratilgan siyosat
- (a) Narkotikni taqiqlash (b) Narkotikka qarshi oʻqitish
RASM
Narkotik narxi Narkotik hajmi Ä Narkotik narxi 1. Narkotikni taqiqlash narkotik taklifini kamaytiradi 2. … narx koʻtariladi… 3. … narkotik sotuvi kamayada Narkotikka qarshi oʻqitish narkotikka talabni kamaytiradi 2. … narx pasayadi… 3. … narkotik sotuvi kamayadi Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishga qaratilgan siyosat Narkotikni taqiqlash taklif hajmini S1 dan S2 ga kamaytiradi (a). Agar narkotikka boʻlgan talab noelastik boʻlsa, narkotikdan foydalanish kamayishiga qaramasdan unga toʻlanadigan toʻlov hajmi ortadi. Aksincha, narkotikka qarshi oʻqitish narkotikka boʻlgan talabni D1 dan D2 ga kamaytiradi (b). Biroq bunda narx va miqdor ham kamayib, undan foydalanuvchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlarni kamaytiradi (a) Narkotikni taqiqlash (b) Narkotikka qarshi oʻqitish Agar talab elastik boʻlmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad koʻtariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha koʻtarilgan boʻladi. Bu esa giyohvandlar toʻlaydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar oʻzlarining ehtiyojini qondirish maqsadida oʻgʻirlik qilishga ham toʻgʻri keladi, ularga avvalgidan ham koʻproq pul zarur boʻladi. Demak, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi. Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan koʻra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga boʻlgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada koʻrsatilgan. Talab egri chizigʻi chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini toʻxtatishdan farqli oʻlaroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi. Giyohvand moddalarni toʻxtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatliligidan koʻra farqli deb hisoblaydi, chunki talab elastikligi vaqtga bogʻliq. Talab qisqa muddatda elastik boʻlmasligi mumkin, chunki ogʻuga oʻrganib qolganlarga narxning koʻtarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt oʻtgan sari talab elastik boʻlib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab koʻrishdan qaytaradi va vaqt oʻtgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi. 1 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining V bobi asosida tayyorlangan. 89-111 bet Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling