Iv-bob yer qazish mashinalari


–rasm. Gidravlik yuklagichning ishchi qurilmalari


Download 1.61 Mb.
bet14/16
Sana20.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1035954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4,5-MAVZU

4.17–rasm. Gidravlik yuklagichning ishchi qurilmalari
1– teskari chomich strelasi; 2 dasta gidrosilindri; 3 dasta; 4 tortqi;
5cho’michni burish gidrosilindri; 6–tortqi; 7cho’mich; 8 richag; 9cho’mich osmasi; 10strela gidrosilindri.
Pnevmog’ildirakli traktorlar bazasidagi tuliq buril­maydigan gidravlik ekskavatorlar. Qurilish maydonida tarqoq holda joylashgan va uncha katta bo’lmagan yer ishlarini bajarishda pnevmog’ildirakli traktorlarga osib ishlatiladigan gidravlik ishchi qurilmalari bo’lgan gidravlik ekskavatorlardan foydalaniladi. Asosiy ishchi qismidan tashqari greyfer, yuklovchi cho’mich, kran va buldozer otvali kabi yordamchi ishchi qismlar bilan jihozlanadi.

4.18–rasm. Pnevmog’ildirakli traktor bazasidagi to’liq burilmaydi­gan gidravlik bir cho’michli ekskavator
a-kinematik sxemasi; b-umumiy korinishi;1– gidrosilindr; 2–tayanch; 3yulduzcha; 4zanjir; 5 –gidrosilindr; 6 dishlo; 7–buldozer otvali; 8gidrosilindr; 9traktor ramasi; 10burilish kolonnasi; 11–ishchi qurilma.
Ishchi qism burilish kolonnasi 10 ga osiladi. Kolonna traktor ramasi 9 ning orqa qismiga joylashgan. Kolonnaning ikki tomoniga burilishi (har bir tomonga 90 gacha) ikkita navbat bilan ishlovchi gidrosilindr 5 orqali zanjir 4 va yulduzcha 3 yordamida amalga oshiriladi. Buldozer otvali 7 rama 9 bilan sharnirli biriktirilgan osgich 6 ga boshqariluvchi gidrosilindr 8 orqali o’rnatilgan. Ish vaqtida ekskavatorni ustuvor turishi uchun rama 9 ni orqasiga ikki tomondan chiqarma tayanchlar 2 bilan jihozlangan. Ish boshlashdan oldin gidrosilindr tayanchlari yerga o’rnatadi.
Arqonli va gidravlik ekskavatorlarni texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlarini asosan ularning ishchi qismlari bo’yicha olinadi, ya’ni to’g’ri cho’mich–arkranli, teskari cho’mich esa gidravlik ekskavatorlar uchun. O’lchamlar guruhi ish sikli davomiyligi, vazni va energiya sarfi bir xil bo’lgan gidravlik teskari cho’mich sig’imi shu o’lchamdagi arqonli to’g’ri cho’michdan 60% ga ortiq.
Solishtirilayotgan mashinalarning haqiqiy energiya sig’imi arqonli ekskavatorlar uchun 0,35...0,47 kVt*s/m3, gidravlik ekskavatorlar uchun 0,47...0,55 kVt*s/m3, mate­rial sig’imi esa mos ravishda 130...120 kgm3/soat va
102..164 kgm3/soat.
Kuch qurilmasining talab qilinadigan quvvati ish harakatining hisobiy tezligi va hisobiy qarshiliklarning o’zaro mosligidan aniqlanadi. Hisobiy parametrlar (qarshilik va tezlik) ishlab chiqarish sharoitlaridan
kelib chiqib hisoblanadi. Qazish eng ko’p energiya talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Kazish quvvati:
(4.9)
bu yerda: qazishning solishtirma energiya sig’imi, 1 m3 gruntga ishlov berishda bajariladigan ish miqdoriga teng. Bu ko’rsatgich III kategoriyadagi gruntlar uchun 200 kPa, kategoriyadagi funtlar uchun 250 kPa qabul qilinadi; tk – qazishning davomiyligi (mexanik yuritmali ekskava­torlar uchun), s.; quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
te ekskavator massasi (III, IV o’lcham guruhidagi gidravlik yuritmali ekskavatorlar uchun = 5,5...8 s.); q — cho’mich hajmi, m3; — dvigatel quvvatidan foy­dalanish koeffitsienti ( =0,72...0,75); — yuritma va ishchi qismning foydali ish koeffitsienti mexanik ekskavatorlar uchun =0,65; gidromexanik ekskavator­lar uchun 0,57; gidravlik yuritmali ekskavatorlar uchun 0,45...0,56.
Bir cho’michli gusenitsali qurilish ekskavatorlaridagi quvvat (kVt) qazish va cho’mich hajmiga (q) mos ravishda olinadi:
(4.10)
bu yerda: — proportsionallik koeffitsienti. Po’lat arqonli osmali ekskavatorlar uchun =73,51 kVt/m3. Qattiq osmali ekskavatorlar uchun =88 kVt/m3.
Bir cho’michli ekskavatorning nazariy ish unumdorligi (m3/soat) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(4.11)
bu yerda: p— bir soat mobaynida ekskavatorning maksi­mal ish sikllari soni; berilgan ish sharoitlarida ish siklining minimal davomiyligi.
Texnik ish unumdorligi (m3/soat) ekskavatorning bir soatdagi uzluksiz ish siklining o’rtacha unumdorligi kabi aniqlanadi:


(4.12)
bu yerda: cho’michning to’lish koeffitsienti, bu cho’mich hajmining undagi gruntga nisbati kabi aniqlanadi; — gruntning yumshoqlik koeffitsienti; ish siklining davomiyligi. Ekspluatatsion unumdorlik (m3/sm, m3/oy m3/yil) ham zich holatdagi grunt bo’yicha aniqlanadi:
(4.13)
bu yerda: ish davrining davomiyligi, soat; mashinadan vaqt bo’yicha foydalanish koeffitsient, t= 0,2...0,25.

4.6. Uzluksiz ishlaydigan ko’p cho’michli ekskavatorlar


Qurilishda quvur yotqizish, aloqa va elektr tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalar o’tqazish uchun turli xildagi transheyalar qazishda ko’p cho’michli ekskavatorlar qo’llaniladi. Bulardan tashqari, ko’p cho’michli ekskavatorlar meliorativ kanallar qazish va ularni tozalashda, karerlarda, shuningdek, ochiq usulda foydali qazilmalar qazib olishda ishlatiladi.
Bir cho’michli ekskavatorlardan farqliroq ko’p cho’michli ekskavator uzluksiz rejimda ishlaydi. Masalan, cho’michlardan biri gruntni qirqishni boshlasa, bu paytda ikkinchisiga grunt to’ladi, uchinchisi gruntni transportirovka qilish qurilmasiga to’kadi. Ana shunday tartibda gruntga ishlov berish davom etadi. Shuning uchun ham ko’p cho’michli ekskava­torlar uzluksiz ishlovchi mashinalar turiga kiradi.
Odatda, ekskavatorning barcha cho’michlari bitta zveno rotorga (rotorli ekskavatorlar) yoki berk zanjirga (zanjirli ekskavatorlar) bir xil qadamda o’rnatilgan bo’ladi. Rotorli ekskavatorlarni ishchi qismlari cho’michsiz bo’lishi mumkin, bunda tishlar to’g’ridan–to’g’ri rotorga o’rnatiladi va bunday ekskavatorlar frezali ekskavator­lar deyiladi. Ular aloqa kabellarini yotkizishda va o’ta qattiq gruntlarga ishlov berishdan oldin ularni yuza qismini yumshatishda ishlatiladi. Ko’p cho’michli ekskavatorlar yurish qismlari gusenitsali yoki rels–g’ildirakli bo’lishi mumkin. Kam quvvatli transheya qazuvchi ekskavatorlar ba’zan pnevmog’ildiraklar bilan ham jihozlanadi.
Transheya qazuvchi ekskavatorlar (4.19–rasm, a,b). Tran­sheya qazuvchi ekskavatorlar traktor va ishchi qismdan ibo­rat bo’lib, traktor ekskavatorni transport va ishchi holatda siljishiga imkon yaratadi. U yurish qismi 5, kuch qurilma­si 7 va boshqarish tizimi joylashgan kabina 6 dan iborat.
Erga tushadigan bosimni kamaytirish maqsadida tran­sheya ekskavatorlari yurish qismi yoki gusenitsalari odatdagi traktorlarga nisbatan uzunroq tayyorlanadi. Bo’ylama ustuvorlikni saqlash uchun esa og’ir qismlar, masalan, dvigatel oldingi qismga o’rnatiladi yoki kerak bo’lgan vaqtda qo’shimcha posangi yuklar o’rnatiladi.

4.19–rasm. Transheya qazuvchi ekskavator
1– pichoqli qiyalik tekislagich; 2 — g’ildirak; 3 — cho’mich; 4— yo’nal­tiruvchi; 5— yurish qismi; b—mashinist kabinasi; 7—kuch qurilmasi; 8 — rama;
9 — gidrosilindr; 10 — gidrosilindr; 11 — polispast; 12 —tutgich; 13— arqon; 14— otval tashkil qiluvchi; 15— tayanch ro­lik; 16 — balka; 17—rama; 18— shit; 19—yunaltiruvchi rolik; 20 — sirpanuvchi rolik; 21 — konveyer; 22 — tortuvchi g’ildirak; 23 — cho’mich ramasi; 24—ushlab turuvchi rolik; 25—yulduzcha; 26—cho’mich zanjiri; 27—g’ildirak tayanchi; 28—kuch brusi; 29—silindrik shit; 30 — grunt kovlovchi tishlar; 31 — tortib turuvchi g’ildirak;
32— kuch zanjiri; 33 — tebranuvchi balansir; 34— qiyshiq traektoriyali konveyer.
Traktorda rama 8 joylashtirilgan bo’lib, unga ishchi qism biriktiriladi. Ishchi qism ikki variantda tayyor­lanadi:

  1. G’ildiraksimon rotor 2 sifatida bo’lib, uning atrofiga cho’mich 3 o’rnatiladi (4.20–rasm, a).

  2. Cho’michli zanjir sifatida 26 (4.20–rasm, b).

Shuni inobatga olgan holda, transheya qazuvchi ekska­vatorlar rotorli va zanjirlilarga bo’linadi. Rotorli ek­skavatorlarning ishchi qismi, tayanch 15 va yunaltiruvchi 19 roliklar orqali rama 17 ga tayanib, rotor harakatlanadigan tekislikda aylanadi. Rotorning yon tomonidagi balkasi 16 traktor bilan suzuvchi polzun orqali gidro­silindr 9 va yunaltiruvchi 4 bo’yicha polispast 11 yorda­mida bog’langan. Polzunlarni kerakli balandlikka qo’yish bilan qaziladigan transheya chuqurligi o’rnatiladi. Ishchi qismni transport holati I ga o’tkazishda esa gidrosilindr 10, tutgich 12 va po’lat arqon 13 dan iborat tizimdan foy­dalaniladi. Traktorni ishchi qism bilan qo’yish tirsak– richagli mexanizm bilan amalga oshiriladi. Bu holda tran­sheya chuqurligi kuch bruslari 28 va ishchi qismini bo’ylama balkasi 16 o’rtasidagi burchakni o’zgartirish bilan sozlanadi. G’ildirakli 27 yoki sirpanuvchan 20 tayanch orqali rama 16 ning orqa tomoni yerga tiraladi (4.20–rasm, v).
Ekskavator cho’michlari zanjirini tortuvchi g’ildirak 22 va tayanch roliklar 24 bo’ylab yetakchi yulduzcha 25 yordami­da harakatlanadi. Zanjirli ekskavatorlar cho’michi rotor­li ekskavatorlar cho’michi kabi ichki devorsiz tayyorlanadi va cho’mich yuqoriga ko’tarilganda grunt otval tashkil qiluvchi (11 holat) 14 ga to’kiladi (4.20–rasm, g). Transheya chuqurli­gi traktor 8 ga o’rnatilgan yo’naltiruvchi rama 4 orqali o’rnatiladi, Xuddi shu yo’l bilan ishchi qism transport holatiga o’tkaziladi. Qazishning energiya sarfini kamaytirish maqsadida rotorli hamda zanjirli ekskavator cho’michlaridagi tishlar 30 shunday joylashtirilganki (4.15– rasm, d), har bir tish izidan, shu tishga diametr bo’yicha karama–qarshi joylashgan cho’mich tishi o’tadi. Bu qo’shimcha qalinlikdagi gruntga ishlov berishga imkon yaratadi.
Transheya qazishda yon tomondagi gruntlarning o’pirilib ketishining oldini olish maqsadida pichoqsimon qiyalik tekislovchilar qo’llaniladi. Bu tekislovchilar yor­damida kesilgan grunt pastga tushadi va cho’mich yordamida yuqoriga ko’tariladi.
Zanjirli ekskavatorlarda zanjirli qiyalik tekislov­chilar 32 qo’llaniladi (4.15–rasm, ). Har bir zanjirning bir uchi tebranuvchi balansir 33 ga ikkinchi uchi esa, ilgarilanma–qaytma harakat oluvchi taranglovchi g’ildirak 31 ga ekstsentrik barmoq 22 yordamida mahkamlanib, ba­lansir bilan cho’mich ramasi 23 ga bog’langan.
Otval tashkil qiluvchi 14 (4.20–rasm,a,b) tasmali konveyerdan iborat bo’lib, rotorli ekskavatorlarda rotor tekisligida, zanjirli ekskavatorlarda esa traktorda joylashgan bo’ladi. Zamonaviy traysheya qazuvchi ekskava­torlarda egri chiziqli 34 (4.20–rasm,j) va ikki seksiyali 21 (4.20–rasm, a) rotor qo’llaniladi.
Pnevmog’ildirakli traktor bazasidagi zanjirli ekska­vatorlar (4.21–rasm) tor va unchalik chuqur bo’lmagan transheyalarni qazishda ishlatiladi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling