Iv-bob yer qazish mashinalari


–rasm. Ekskavator quvur yotqizuvchi


Download 1.61 Mb.
bet16/16
Sana20.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1035954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4,5-MAVZU

4.21–rasm. Ekskavator quvur yotqizuvchi
1— baraban; 2— rama; 3 — datchik; 4— arqon; 5 —truba yotqizuvchi quti; 6—tutgich; 7—potok; kasseta; 9— kasseta; 10 — tutgich.
Bu unumdorlik chomich hajmi q (m3), rotordagi chomichlar soni z va aylanishlar chastotasi p (min–1) yoki chomich zanjiridagi chomichlar kadami 1k (m), shuningdek, zanjir tezligi Vz (m/s) ning berilgan qiymatlari bilan taminlanadi. Rotorli ekskavator uchun:
(4.15)
zanjirli ekskavator uchun
(4.16)
bu yerda: cho’michning to’ldirilish koeffitsienti, grunt­ning kategoriyasiga ko’ra ushbu koeffitsient cho’michli eks­kavatorlar uchun zich gruntlarga = 0,7 va bo’sh gruntlarga = 1,2 gacha o’zgaradi; — gruntning yumshoqlik koeffitsienti.
Dvigatel hosil kilayotgan quvvat A kVt quyidagi tash­kil qiluvchilardan iborat buladi:
(4.17)
bu yerda: kovlashga sarflangan quvvat; gruntni ko’tarishga va tushirishga sarflangan quvvat; — otval tashkil qiluvchi yuritmasiga sarflangan quvvat; yurish qismiga sarflangan quvvat.
Otval yuritmasiga sarflanadigan quvvat oldingi bo’limlarda aniqlangan. Qolgan tashkil qiluvchilar esa quyidagicha aniqlanadi:
(4.18)
(4.19)
(4.20.)
bu yerda: ekskavatorning texnik ish unumdorligi, m3/soat; gruntni qazishga solishtirma qarshiligi, kPa, ( ;=100...400 kPa); r — yumshatilmagan gruntning zichligi, kg/m3; gerkin tushish tezlanishi, m/s2; — gruntni tushirish joyiga to’kish uchun o’rtacha ko’tarish ba­landligi, m; — gruntning transheya devoriga ishqalanishini hisobga oluvchi koeffitsient; R gruntning qazish­ga qarshiligini gorizontal tashkil etuvchisi hisobga olingan yig’indi tortish kuchi, kN; — ekskavatorning siljish tezligi, m/soat; , – mos ravishda yuritma va ishchi qism foydali ish koeffitsientlari;
Ko’ndalang qazuvchi karer ekskavatorlari. Karerda ishlovchi ekskavatorlar rotorli strelali va zanjirli bo’la­di. Ishchi qismning yo’nalishi bo’yicha ular ko’ndalang qazuvchi ekskavatorlar jumlasiga kiradi.

4.7. Gruntlarni va asoslarni zichlash mashinalari


Gruntni zichlanganligi, uning maksimal zichligini laboratoriya sharoitida standart uslubda zichlash orqali aniqlanadi. Standart zichlash natijalari asosida grunt skeleti zichligining namligiga bog‘liqlik grafiklarda keltiriladi. Gruntni namligi oshishi bilan uning zichligi oshib boradi va maksimal qiymatga ega bo’lgandan so‘ng uni kamayishini kuzatish mumkin. Gruntni zichlashning, uning namligiga bog‘liqligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Namligi past bo‘lgan grunt qattiq bo‘lib, uning tarkibida havo miqdori ko‘pligi, shuningdek namligining yetishmasligi uning agregatlarini zichlashish jarayonida buzilmasligiga olib keladi va natijada kerakli zichlikka erishilmaydi. Grunt tarkibidagi namlik oshishi bilan uning zichligi oshib boradi. Bunga sabab, grunt zarralarining namlik tufayli o ‘zaro qarshiligi kamayib, uning hajmini qisqarishiga olib keladi. Namlik 18% ga yetganda, ya’ni optimal bo‘lganda uning zichligi maksimal bo‘ladi. Namlik optimal sharoitdan yuqori bo'lganda esa gruntning zichligi kamayishi kuzatiladi. Bunga sabab, grunt tarkibida qolgan havolar uning maksimal zichlanishiga qarshilik qiladi. Gruntni zichlanganligini xarakterlovchi omillari qilib, uning maksimal zichligi va optimal namligini ko‘rsatish mumkin. Zichlangan gruntning maksimal zichligi deb, hajm birligidagi grunt skeleti massasining yuqori ko‘rsatkichga erishishda uni zichlashda qabul qilingan tartib, uslub va energiyalarni ko‘rsatish mumkin. Gruntning optimal namligi deb, uni zichlashdagi maksimal zichligiga erishishdagi namligiga aytiladi.
Gruntlarni zichlashda uchta prinsipli ishchi organlar qo’llaniladi: statik yuklanish, titrama va kuch ta’sirida. Zichlash metodi va zichlash natijalarini aniqlash, asosiy faktorlar, grunt tipi, namligi, pastki qatlam zichligi va zichlash davomiyligi. Statik zichlash. Mashinalari o’zini og’irligi bilan to’shalgan materiallarni bosim ostida zichlaydi (4.22-rasm). Statik bosim kattaligi qatlam bo’ylab pasayib ketadi. Shuning uchun pastki qatlamni qo’shimcha zichlash talab etiladi. Buning bitta usuli qatlam bilan tishlashish yuzasini o’zgartirishdir. Zichlash natijasida mashinani ishlash tezligi va yurishlar soni ham ta’sir etadi. Bunday tipdagi statik zichlash mashinalari uch jo’vali katok, statik tandemli katok va pnevmatik katok uzoq yillar davomida foydalanib kelinmoqda. Statik zichlashda pastki qatlamga faqat bosim ta’sir etadi.

4.22-rasm. Statik zichlash sxemasi
Titratib zichlash. Titratib zichlovchi agregat yuzaga katta chastotada kuch ta’sir qiladi (4.23-rasm). Kuch zichlash to’lqini orqali ichki qatlam zarrachalariga ta’sir qiladi. Bu orqali ichki ishqalanish yo’qotiladi va zarrachalar ko’proq zichlangan holatga o’tadi. Titrama zichlash katta donador materiallarda samara beradi. O’rtacha va o’g’ir zichlovchi mashinalar katta donador gruntlarni bog’lanishi kam bo’lgan materiallarda ishlatiladi. Bu mashinalar mayda donador gruntlarni zichlashda samara bermasada eng samarali zichlash mashinasi sanaladi. Titratib zichlash statik zichlashga nisbatan barcha tipdagi materiallarni zichlashda yuqori zichlik va zichlash chuqurligiga kamroq o’tishlar orqali erishiladi. Bu orqali uning samaradorligi va iqtisodiy jihatdan ishlatish statik katoklarga nisbatan isbotlanadi. Titrash statik bosimni dinamik kuchlanishlar bilan belgilanadi.

4.23-rasm. Titratib zichlash sxemasi
Kuch bilan zichlash. Bu turdagi zichlashda yuqori urush kuchi ishlatiladi. Urush kuchi qatlamda kuchlanish to’lqinini hosil qiladi, qatlam chuqurligi bo’ylab bosimni hosil qiladi (4.24-rasm). Bunga erishish uchun osib qo’yilgan yukni tashash orqali erishiladi.

4.24 - rasm. Kuch bilan zichlash sxemasi
Statik zichlash katoklari o’zaro bog’langan qatlamlarni zichlashda va katta tezlikda ishlatiladi. Bunda mushtcha guruntga ma’lum kuch ostida ta’sir etadi. Uch burchakli, to’g’ri burchakli yoki besh burchakli kesimda bo’lib, juda yaxshi zichlash chuqurligini beradi. Kuchlar oralig’ida ishlov berilmagan yuza zichlash tekis bo’lishli gi uchun keyingi o’tishda ishlov berib o’tiladi. Kuch bilan zichlash samaradorligini oshishirish maqsadida katok tezligi statik va titrama katok tezligidan kattaroq bo’lishi kerak. To’la samara olish uchun juda katta yuzalarga ishlov berish zarur bo’ladi. Zichlashning katta yo’li kuch bilan ishlashdagi katta urush kuchini beradi, bu esa zichlash chuqurligiga ega bo’ladi.
Nazorat savollari.

  1. Gruntlarning asosiy xususiyatlarini sanab bering.

  2. Gruntlarni qirqish va kovlash jarayonlarini tushuntirib berib.

  3. Tayyorgarlik ishlarida ishlatiladigan mashinalarni turlarini sanab bering.

  4. Yer qazish va tuproq tashish mashinalari: Skreperlar, buldozerlar va greyderlarni ishlash prinsiplarini va tuzilmalarini tushuntirib bering.

  5. Bir cho‘michli ekskovatorlarni ishlash prinsipini va tuziltishini aytib bering.

  6. Ko‘p cho‘michli ekskovatorlarni ishlash prinsipini va tuziltishini aytib bering.

  7. Bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskovatorlarni texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashni aytib bering.

  8. Gruntlarni va asoslarini zichlash mashinalarini turlarini va tuzilishiniaytib bering.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling