1. Ishqorlar va ammiak qalay (IV) ioni bilan ta'sirlashib, kislotalar va mo'l ishqorda eriydigan oq rangli ortostannat kislota ivig'ini hosil qiladi.
Reaksiyani bajarishda qalay (IV) xlorid eritmasining 1-2 tomchisiga 2-3 tomchi ishqor yoki ammiak eritmasi tomiziladi.
2. Sn4+ ni Sn2+ gacha qaytarish uchun Fe dan foydalanish mumkin. Mg, Al singari metallar kislota kam bo'lganda, qalay (IV) ni metali holigacha qaytarishi mumkin. Shuning uchun uni temir yordamida qaytarish qulay.
Fe + [SnCl6] 2-→ Fe2+ + Sn2+ +6C1-
Qaytarish magniy yoki alyuminiy ta'sirida bajarilganda kulrang qalay metali hosil bo'lgan bo'lsa, cho'kmaga bir necha tomchi konsentrlangan HCl ta'sir ettirib, cho'kmani eritish mumkin:
Sn + 2HC1 → SnCl2 +H2↑
Qalay (IV) ionini qalay (II) gacha qaytarib topish qulay.
3. Sn4+ va Sn2+ ni SnH4 gacha qaytarishda soat oynasiga 2-3 tomchi tekshiriladigan eritma va bir necha tomchi konsentrlangan HCl tomiziladi va hosil bo'lgan aralashmaga bir parcha rux metali tashlanadi. Qisqich bilan mikrotigelni qisib, uning tubi hosil qilingan eritmaga botirilib, biroz ushlab turiladi va so'ngra darhol gorelkaning alangasiga tutilsa, alanga ko'kish rangga bo'yaladi. Bu rang SnH4 ning yonishiga mos keladi.
12- jadval
IV guruh kationlari analitik reaksiyalari
Reagent
|
Kationlar
|
Al3+
|
Cr3+
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |