7. Kaliy geksatsianoferrat (II) — K4[Fe(CN)6]rux ioni bilan qo'shaloq - kaliy rux geksatsianoferrat (II) ning oq cho'kmasini hosil qiladi:
3 ZnCl2 + 2K4[Fe(CN)6] → Zn3K2[Fe (CN)6]2↓ + 6KC1
3 Zn2++ 2K+ + 2[Fe(CN)6]4 - → Zn3K2[Fe(CN)6]2↓
Cho'kma kislotalarda erimaydi, ishqorlarda erib sinkatlar hosil qiladi. Alyuminiy va xrom ionlari bu reaksiyaga xalaqit bermaydi. Biroq reaktivdan ko'proq qo'shilsa, eruvchanligi ancha yuqori bo'lgan Zn2[Fe(CN)6] cho'kmasi hosil bo'ladi. Shu bois, uni tomchilatib qo'shish maqsadga muvofiqdir.
Reaksiyani bajarishda rux tuzining 3-4 tomchi eritmasiga shuncha reaktiv qo'shilib, aralashma qaynaguncha qizdiriladi.
8. Kaliy geksatsianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6]rux ioni bilan xlorid va ammiakda eriydigan jigarrang-sariq tusli cho'kma hosil qiladi:
3ZnCl2+ 2K3[Fe(CN)6] →Zn3[Fe (CN)6]2↓ + 6KC1
3Zn2+ + 2[Fe(CN)6]3-→ Zn3[Fe(CN)6]2↓
9.Ditizon (difeniltiokarbazon) bilan reaksiyasi.
Rux ioni ditizon bilan ichki kompleks birikmani hosil qiladi. Xloroform bilan pH 2,5-10 da ekstraksiya qilinsa, organik qatlam qizil rangli bo‘ladi.
tion shakli tiol shakli
Tiol shakli eritmalarda o‘zini bir asosli kislotalar kabi tutadi:
H2DZ = H++ НDZ-
Metall kationlari unda bitta yoki ikkita vodorodning o’rnini olishi mumkin. Bitta vodorod o’rnini almashgan ditizonatlar kislotali sharoitda, ikki vodorodini almashtirganlari esa ishqoriy sharoitda yoki reagent etishmagan xollarda hosil bo‘ladi. Rux ditizonatining hosil bo‘lishi tiol shaklidagi proton va ikkilamchi aminoguruhdagi azot hisobiga boradi:
Reaksiya xususiy emas, chunki xuddi shunday sharoitda Pb2+, Cd2+ va boshqa ditizonatlar ekstraksiyalanadi.
Reaksiyani bajarish
Probirkaga 5-10 tomchi rux tuzi eritmasidan olib, ustiga 5 tomchi ditizonning xloroformdagi eritmasidan tomizing. Probirkani chayqating. Xloroform qatlami qizil rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |