Iv guruh kationlari Al3+, Cr3+5+, Zn


Guruh reagentining ta’siri


Download 178.67 Kb.
bet2/12
Sana30.09.2023
Hajmi178.67 Kb.
#1690234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-LABORATORIYA MASHG'uloti

Guruh reagentining ta’siri.
Guruh reagenti NaOH, H2O2 ishtirokida Al3+, Zn2+ ionlari gidroksokomplekslar, xrom (III) esa oksidldanib CrO42- ionlarini hosil qiladi:
2Cr3++3H2O2+10OH- = 2CrO42-+8H2O
Reaksiyani bajarish
3 ta probirka olib, birinchisiga bir nechta tomchi alyuminiy , ikkinchi probirkaga rux, uchinchisiga xrom (III) tuzi eritmasidan soling. Hamma probirkaga natriy gidroksididan qo‘shib, oq amorf Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3– ko‘k –binafsha rangli cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Ortiqcha ishqor eritmasidan qo‘shish bilan ular erib ketadi. NaCrO2 ustiga bir necha tomchi H2O2 qo‘shib, suv hammomida isitiladi. 5-7 min keyin sariq rangli CrO4-2 –ni hosil qiladi.
Shu bilan birga alyuminiy, rux va xrom (III) tuzlari eritmasiga ammiak eritmasining ta’siri ham o‘rganiladi.
4.1.Alyuminiy kationining reaksiyalari
1.O'yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta'sirlashganda avval oq rangli A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo'lib, ishqor eritmasidan ko'proq qo'shilsa, alyuminiy va alyuminiy gidroksidning amfoterligi tufayli cho'kma erib ketadi:
A13+ + 3 OH- → A1(OH)3
A1(OH)3↓+ OH-→ A1O2- + 2H2O
A1(OH)3 ni to'la cho'ktirishda eritmaning pH qiymati 5 atrofida bo'lishi kerak. Alyuminiy va A1(OH)3 cho'kmasining amfoterligini tekshirish uchun ko'proq ishqor qo'shib, hosil bo'lgan eritmaga tomchilatib suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo'shilsa, avval A1(OH)3 cho'kmasi hosil bo'ladi, so'ngra ko'proq kislota qo'shilsa, u erib ketadi:
А1О2- + Н+ + Н2О →A1(OH)3
A1(OH)3↓ + ЗН+→A13+ + ЗН2О
Reaksiyani bajarish uchun 4-5 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga 1 tomchi 2 N NaOH eritmasini tomizing. Hosil bo'lgan loyqa eritmaning bir qismini olib, unga xlorid kislota eritmasidan bir necha tomchi tomizib, loyqaning erib ketishini kuzating. Loyqa eritmaning ikkinchi qismiga ham bir necha tomchi ishqor eritmasidan tomizib ко'ring. Bunda ham loyqa erib ketadi.
2. Ammiak - NH4OH ta'siridan alyuminiy ammoniy tuzlarida erimaydigan A1(OH)3 cho'kmasi hosil qiladi:
Al3+ + 3NH4OH → A1(OH)3↓ + 3NH4+

Download 178.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling