Iv guruh kationlari Al3+, Cr3+5+, Zn


Download 178.67 Kb.
bet3/12
Sana30.09.2023
Hajmi178.67 Kb.
#1690234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-LABORATORIYA MASHG'uloti

3. Ammoniy sulfid - (NH4)2S gidrolizlanib, NH4HS va NH4OH hosil qiladi. Gidroliz reaksiyasi natijasida hosil bo'lgan NH4OH alyuminiyni gidroksid shaklida cho'ktiradi:
Al3+ + 3(NH4)2S + 3H2O → A1(OH)3 + 3NH4HS + 3NH4+
4. Natriy, kaliy karbonat tuzlari suvli eritmalarda ishqorli gidrolizlangani uchun alyuminiy ioniga ta'sir ettirilganda alyuminiy gidroksid hosil bo'ladi.
5. Natriy atsetat - CH3COONa alyuminiy tuzlari eritmalari bilan oq rangli pag'asimon (bodroqsimon) cho'kma hosil qiladi:
Al3+ + 3CH3COO- + 2H2O → Al(OH)2CH3COO↓ + 2CH3COOH
Hosil bo'lgan oksiatsetat sirka va mineral kislotalarda eriydi. Reaksiya ancha suyultirilgan eritmalarda yuqori haroratda tez boradi.
6. Natriy gidrofosfat - Na2HPO4alyuminiy ioniga ta'sir etganda oq rangli A1PO4 cho'kma hosil bo'ladi:
Al3+ + 2HPO42-→ A1PO4 + H2PO4-
Ma'lum bo'lishicha, gidrofosfat eritmasida amalda fosfatli buffer aralashma (Na2HPO4+NaH2PO4) hosil bo'lib, uning pH qiymati 6,6 atrofida bo'ladi. Fosfat tuzi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo'ladi:
2HPO42- → PO43- + H2PO4-
7. Alizarin (dioksiantraxinon) – CI4 H6 O2 (OH)2alyuminiy tuzi va ammiak eritmasi bilan qaynatilganda, to'q sariq-qizil rangli ichki kompleks birikma - «alyuminiyli alizarin loki»ni hosil qiladi:

Alyuminiyli lok sirka kislotada erimaydi. Eritma sovigach, cho'kmaga biroz sirka kislotasi qo'shilsa, rang intensivligining pasayishini kuzatish mumkin.
Reaksiyani bajarish. Probirkaga 2 tomchi alyuminiy tuzi eritmasi va 3 tomchi ammiak eritmasi tomizib hosil qilingan A1(OH)3 cho'kmasiga yangi tayyorlangan alizarin eritmasidan ham bir necha tomchi tomiziladi. Aralashma qaynatilganda cho'kma hosil bo'ladi. Yaxshi natijaga erishish uchun reaksiyani tomchi usulida bajarish maqsadga muvofiq. Masalan, tekshiriladigan eritmaning bir tomchisi filtr qog'oziga tomiziladi va chinni kosacha ustida ammiak bug'lari bilan ishlanadi. Natijada filtr qog'ozida hosil bo'lgan A1(OH)3dog'i alizarinning spirtdagi eritmasi bilan ho'llanib, yana ammiak bug'lari bilan ishlansa, qizg'ish alyuminiyli lok hosil bo'lganini ko'ramiz. Agar filtr qog'ozi quritilsa, rang yanada sezilarli ko'rinadi. Bunday reaksiyaga temir, marganets, uranil va xrom kirishib, rangli alizarin loklarini hosil qiladi. Bu ionlarni cho'ktirib ajratish uchun filtr qog'ozi avval K4[Fe(CN)6] eritmasi bilan ho'llanadi va asta quritiladi. So'ngra filtr qog'oziga aralashmadan bir necha tomchi tomizilsa, ferrosianid ta'siridan cho'kadigan uchinchi guruh kationlari nam dog'ning markazida qoladi. Alyuminiy ioni esa diffuziya tufayli dog'ning chetiga suriladi. Agar dog'ning chetlari alizarinning spirtli eritmasi bilan ishlansa, sariq-qizil rangli alyuminiyli alizarin lokining hosil bo'lganini ko'ramiz.

Download 178.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling