LABORATORIYA MASHG’ULOTI № 6
IV guruh kationlari ( Al3+ , Cr3+5+ , Zn2+ , Sn2+4+, As+3,+5) ning analitik reasiyalari
Maqsad:
IV analitik guruh kationlari reaksiyalarini bajarish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilish.
Laboratoriya ishi uchun kerakli
Reaktivlar
1. Tuz eritmalaridan:
alyuminiy (III), xrom (III), rux (II) nitratli birikmalari,qalay (II) xlorid qalay (IV) xlorid, kobalt nitrat, o'yuvchi ishqorlar, ammiak - NH4OH, natriy, kaliy karbonat tuzlari, natriy atsetat, natriy gidrofosfat, vodorod sulfid, kaliy geksatsianoferrat (III), simob (II) xlorid, rux metali, kumush nitrat, yod eritmasi, kaliy yodid, ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi (molibdenli suyuqlik), magniy yoki rux metali,ammoniy sulfidi, natriy gidrokarbonati, sariq qon tuzi eritmasi; magnezial aralashma; 6% li vodorod peroksid eritmasi;
2. Sulfat kislota 1:4
3. Organik reaktivlar va erituvchilar:
50%li etil spirtdagi alizarinning to‘yingan eritmasi;pikrin kislota;8-oksixinoIin – C9H6N(OH) ; 0,1% li ditizonni xloroformdagi yoki to‘rt xlor uglevodoroddagi eritmasi; amil spirti; dietil oddiy efiri
4. Natriy gidrokarbonatning kristali
IV ANALITIK GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
(Al3+, Cr3+, Zn2+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+)
Guruh reagenti - 2 mol/dm3 NaOH eritmasidan ortiqcha olinib H2O2 ishtirokida olib boriladi.
IV guruh kationlariga umumiy tasnif. Bu guruh kationlarining nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eriydi. IV guruh kationlari Cr3+ dan tashqari rangsiz eritma, Cr3+ - ko‘k binafsha ranglidir.
IV guruh kationlarining fosfatlari va karbonatlari suvda kam eriydi. Bu guruh kationlari kuchli ishqoriy sharoitda gidroksokomplekslarni hosil qiladi: [Al(OH)4]-, [Al(OH)6]3-, [Cr(OH)6]3-, [Zn(OH)4]2-.
Al3+, Cr3+ gidroksidlari ammiak eritmasida erimaydi, rux esa [Zn(NH3)4]2+ kompleks ionni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |