Iv guruh kationlari Al3+, Cr3+5+, Zn


Natriy, kaliy yoki ammoniy karbonat


Download 178.67 Kb.
bet7/12
Sana30.09.2023
Hajmi178.67 Kb.
#1690234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-LABORATORIYA MASHG'uloti

3. Natriy, kaliy yoki ammoniy karbonatbilan rux ioni ta'sirlashganda kislotalarda eriydigan oq (ZnOH)2CO3 cho'kma paydo bo'ladi:
2 Zn2+ + 3 CO32- + 2H2O → (ZnOH)2CO3 + 2 HCO3-

  1. Natriy gidrofosfatrux ioni bilan uchinchi guruhning boshqa kationlari singari oq rangli Zn3(PO4)2 cho'kmasi hosil qiladi. Cho'kma kislotalar, ishqorlar va ammiakda eriydi. Ammoniy tuzlari ishtirokida ZnNH4PO4 cho'kadi.

  2. Ammoniy sulfid rux ioni bilan ta'sirlashganda oq rangli ZnS cho'kma hosil qiladi:

ZnCl2 + (NH4)2S → ZnS + 2NH4C1
Cho'kma kuchli kislotalarda eriydi, lekin CH3COOH va ishqorlarda erimaydi.
Reaksiyani bajarish. Rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha miqdorda reaktiv qo'shiladi.


6. Vodorod sulfid - H2Srux ioni bilan ta'sirlashganda oq rangli cho'kma tushadi:
ZnCl2 + H2S → ZnS + 2HC1
Cho'kma reaksiya natijasida hosil bo'lgan kuchli mineral kislotada qisman erigani uchun cho'ktirish to'liq bo'lmaydi. Shu bois reaksiya formiatli muhitda o'tkaziladi. Demak, pH ning shunday qiymatida rux sulfidning eruvchanligi 10-5 mol/1 bo`lgani holda CoS ning eruvchanligi, 1,6 10 -6 Shunga muvofiq NiS cho'kmasining eruvchanligini hisoblasak, u 2,76∙ 10-3 mol/1 bo'ladi. Ma'lum bo'ladiki, berilgan pH qiymatida CoS ning eruvchanligi ZnS ning eruvchanligidan 587 va NiS ning eruvchanligi 276 marta katta. Demak, bu sharoitda kobalt va nikel ionlari cho'kmaydi.
Reaksiyani bajarishda probirkaga rux tuzi eritmasidan 4-5 tomchi, formiatli bufer aralashma (HCOONa+HCOOH) eritmasidan 2-3 tomchi solinadi va eritmadan sekin-asta H2S o'tkaziladi.

Download 178.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling