IV. NAZARIY MATERIALLAR
4.2–mavzu: FARMATSEVTIKA SOHASIDA AXBOROTLARNING XAVFSIZLIGI.
AXBOROTLARNI HIMOYALASH USULLARI. ANTIVIRUS DASTURLARI .
Reja
1. Axborot xavfsizligini ta‟minlash.
2. Login tushunchasi.
3. Parol tushunchasi.
4. Avtorizatsiya tushunchasi.
5. Ro„yxatdan o„tish tartibi.
6. Login va parolga ega bo„lish shartlari.
7. Login va parolni buzish.
8. Login va parolni o„g„irlash.
9. Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari.
10. Kompyuter virusi.
11. Viruslarning turlari va vazifalari.
12. Viruslarga qarshi kurashish usullari.
13. Hujum tushunchasi.
14. Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari.
Tayanch iboralar: ахborot, axborot xavfsizligi, axborot hujumi, kompyuter virusi, login, parol,
avtorizatsiya, resurs.
1.Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta‟minlash –
bu foydalanuvchining
axborotlarini himoyalashga quyilgan me‟yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot
foydalanuvchilariga va ko„plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun‟iy
xarakterga ega
tasodifiy va uyushtirilgan ta‟sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob‟ektlarining
himoyalanganligidir.
2. Login tushunchasi. Login –
shaxsning, o„zini axborot kommunikatsiya
tizimiga tanishtirish
jarayonida qo„llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo„lib, axborot kommunikatsiya
tizimidan foydalanish
huquqiga ega bo„lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo„lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
3. Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida
tekshiruv axboroti
sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan
muloqot boshlashdan oldin, unga
klaviatura yoki identifikatsiya kartasi
yordamida kiritiladigan harfli, raqamli
yoki harfli-raqamli kod
shaklidagi mahfiy so„zdan iborat.