KONSENTRIK AMMIAK ERITMASINING TA’SIRI
Mis (II) ionini ochish
8-10 tomchi tekshiriluvchi eritmaga, bir nechta NH4Cl yoki NH4NO3 kristalidan solib suv xammomida isitiladi, 25%li ammiak eritmasidan tomchilab qo’shiladi. Agar ammiak eritmasi qo’shilganda avval cho’kma xosil bo’lib, so’ngra erib ketsa, VI gurux kationlari va rux (IV) xamda marganets (V) kationlari bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. IV va VI guruxni boshqa kationlari bo’lmaydi. Mo’l miqdordagi ammiak ta’sirida oq cho’kma xosil bo’lsa, faqat alyuminiy, cho’kma xira yashil rangda bo’lsa yuqoridagi kationlar bilan birga xrom (III) xam bo’ladi.
Konsentrlangan ammiak ta’sirida mis (III) xavo rangli kompleks birikma xosil qiladi. Mis borligini isbotlash uchun 3-4 tomchi tekshiriluvchi eritmaga 2 tomchi 1mol/dm3li NaOH eritmasidan qo’shiladi. Xosil bo’lgan cho’kmani 5 min suv xammomida qizdiriladi. Mis bo’lsa, cho’kma qora rangni xosil qiladi (mis oksidi xosil bo’lish xisobiga). Ustiga 6 tomchi 2mol/l ammoniy xloridi qo’shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, sentrifugalanadi. Cho’kmani 3-4 tomchi 2mol/dm3li HNO3 bilan ishlab eritiladi. Eritmaga 8-10 tomich 25%li ammiak eritmasi qo’shiladi. Mis bo’lsa to’q ko’k rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |