VI GURUH KATIONLARI AMMIAKATLI ERITMASINING TAXLILI
Mis (II) va simob (II) ionlarini VI gurux kationlari aralashmasidan ajratish.
V gurux gidroksidlaridan ajratilgan ammiakli sentrifugat 3 m H2SO4 bilan neytrallanib, ikki qismga bo’linadi. Uning bir qismi mis (II) va simob (II)ni ajratish uchun ikkinchi qismi (mis (II) va simob (II) ochilmasa) kobalt (II), mis (II), nikel (II) ionlarini ochish uchun ishlatiladi.
Mis (II) va simob (II) ionlarini aralashmadan ajratish uchun, sulfat kislota qo’shilgan aralashmaga natriy tiosulfat kristallidan oz miqdorda qo’shib suv xammomida 2-3 min isitiladi, natijada och sariq cho’kma (elementar oltingugurt) xosil bo’lsa, mis (II) va simob (II) yo’qligidan darak beradi. Agar cho’kma rangi qoramtir bo’lsa, mis yoki simob sulfidi xosil bo’lganini anglatadi. Cho’kmani eritmadan ajratib, cho’kmadan mis (II) va simob (II) sentrifugatdan kobalt (II), nikel (II), kadmiy(II) kationlari ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |