Iv-vi gurux kationlari aralashmasi taxlili


Download 29.93 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi29.93 Kb.
#216789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
лаборатор 5

Taxminiy tekshirish

Dastlab eritmadan temir (II) ioni ochiladi, chunki u xavo kislorodi bilan oksidlanib, temir (III) ga o’tib ketadi. So’ngra, eritmani ayrim qismidan IV, V, VI gurux kationlari bor yoki yo’qligini gurux reagentlari ta’sir ettirib aniqlanadi. Ayrim kationlar (Fe2+, Fe3+,Cr3+ ) quyidagicha ochiladi:



Temir (II) ionini ochish. 3-4 tomchi tekshiriluvchi eritmaga 2-3 tomchi kaliy geksatsianoferrat pH=3 da qo’shiladi va xavo rang cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi.

Temir (III) ionini ochish. 3-4 tomchi tekshiriluvchi eritmaga 2-3 tomchi kaliy geksatsianoferrit pH=3 da qo’shiladi va to’q ko’k rang cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi. Juda oz miqdorda bo’lsa xam, temir (II) ni oksidlanib temir (III)ga o’tishi cho’kmani rangini ko’k yoki xavo rang bo’lishiga olib keladi.

Natriy gidroksid eritmasini vodorod peeroksid ishtirokida ta’siri

Xrom (III)ni ochish

8-10 tomchi tekshiriluvchi eritmaga 3%li H2O2 eritmasidan qo’shib, suv xammomida isitiladi va NaOHni 2 mol/dm3li eritmasidan tomchilab, aralashtirib turgan xolda qo’shiladi.

Ishqor qo’shilganda cho’kma xosil bo’lsa va mo’l miqdordagi ishqor ta’sirida to’la erib ketsa, bu V-VI gurux kationalri yo’qligini va IV gurux kationlari borligini bildiradi. Agar cho’kma xosil bo’lib, ozgina erisa yoki erimasa, u xolda IV, V, VI gurux kationlari bo’lishi mumkin. IV guruxni bor yoki yo’qligi xaqidagi xulosa shu gurux kationlari analitik reaksiyalari bajarilganidan keyingina chiqariladi. V, VI,IV gurux kationlari aralashmasi cho’kmasini va eritmasining rangiga e’tibor beriladi. Mo’l miqdordagi ishqor va vodorod pereoksidi ta’sirida eritma sariq rangli bo’lsa, xrom (III) borligini ko’rsatadi. Isbotlash uchun nadxrom kislotasi xosil bo’lish reaksiyasi bajariladi.


Download 29.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling