Cu (II)ni ajratish va ochish.
Xosil bo’lgan cho’kma farfor kosachaga (tigelga) o’tkaziladi. 3 mol/dm3 HNO3 bilan ishlanadi. 2-3 min asbest setkaga qo’yib isitiladi. Aralashma sovutib probirkaga o’tkaziladi va sentrifuga qilinadi. Sentrifugatdan mis (II) ioniga konsentrlangan ammiak eritmasi bilan reaksiya qilinadi. Cho’kmadan simob (II) ochiladi.
Hg2+ni ochish
Cho’kmani nitrat kislota eritmasi bilan ishlaganda, cho’kma sariq rangli bo’lsa (oltingugurt elementi) u xolda cho’kma tashlanadi va simob (II) tekshiriluvchi eritmada yo’qligi qayd etiladi. Agarda cho’kma qora yoki to’q kulrang bo’lsa, uni farforli kosachaga (tigelga) o’tkazib, asbestli setka yordamida zar suvi (1:3 konsentrlangannitrat kislota eritmasiga xlorid xislota aralashmasi) qo’shib qizdiriladi (yoki Komarov aralashmasi 1:1:nisbatda 6 mol/dm3 xlorid kilota eritmasi va 6%li vodorod pereoksid eritmalari aralashmasi). Xosil bo’lgan eritmaning xajmi ozgina qolguncha parchalanadi, keyin sovutib, suv bilan suyultirilib, shu eritmaga 2mol/dm3 qalay (II) xlorid qo’shiladi. Oq cho’kmaning xosil bo’lishi va sekin-asta uning qorayishi, simob (II) ionining borligini kњrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |