Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 6 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 12 daqiqa
III.Guruhlar ishi 12 daqiqa
IV.Guruhlar taqdimoti 10 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
Dars musobaqa tarzida olib boriladi. Sinf o`quvchilari guruhlarga ajratiladi, guruhlarga nom berilsa va ular o`z nomini izohlasa maqsadga muvofiq bo`ladi. Masalan:1-guruh – “Doro I”, 2-guruh – “Chandragupta”, 3-guruh – “Sin Shixuandi”
Guruhlarni baholashda “Yaxshidan bog` qoladi” usulidan foydalaniladi. Bunda har bir guruhga varaq beriladi, to`gri javobga bitta daraxt rasmi beriladi, rasm varaqqa yelimlab boriladi. Yaxshi ishtirok
etgan guruh varag`i daraxtzor bog`ga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |