IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet195/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:

O`quvchilar daftarlaridan “O`zingizni sinang” rukni to`ldirilganligi ko`rib chiqiladi.

Titan – xudolardan tug`ilgan qudratli pahlavonlar.

Sirena – yarim qush, yarim ayollar.

Kentavr – yarim ot, yarim odamlar.

Siklop – peshonasida bitta ko`zi bo`lgan afsonaviy mavjudotlar.



III.Yangi mavzu bayoni:

Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak olam ko’zga ko’rin­mas sirli kuchlarga tobe ekanligiga e’tiqod qilardilar. Bu ko’rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengiz­da, Aid marhumlar saltanatida oily xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, ishq-muhabbat va go’zallik homiylari hisoblangan. Urush va g’alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo’lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan deb tasavvur etilgan. Yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog’da, Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog’ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilo­halari ham odamlarga ancha o’xshay­di. Olimp tog’i xudolari timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg’anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo’l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. Shuning uchun ham yunonlar o’zlari yaratgan xudolardan qo’rqishar, ularga qurbon­liklar qilar va ko’plab ibodatxonalarni ularga bag’ishlab barpo etar edilar.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling