IX. 2018. Tarix 1-dars


II. Yangi mavzu mazmunini yoritishga tayyorgarlik


Download 1.7 Mb.
bet201/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

II. Yangi mavzu mazmunini yoritishga tayyorgarlik: Sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lish:

“Shiroq”, ”To`maris”, “Spitamen”

Guruhlardan o`quvchilar guruhlari nomiga ta`rif beradilar. Har bir o`quvchi kamida bittadan ma`lumot aytishi shart.

O`quvchilarga quyidagi savollar berilib, javoblar olinadi:

1.Ahamoniylar davlati haqida nimalarni bilasiz?

2.Yurtimizdagi qadimiy davlatlar haqida ma`lumot bering.



3. Nima sababdan yurtimizga chet ellardan bosqinchilik qilib turli xalqlar kelgan?

III.Yangi mavzu bayoni:

Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo’lgan Ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II hukmronligi davrida Midiya, Lidiya (Kichik Osiyo) va Bobil (Mesopotamiya) bosib olindi. Muvaffaqiyatlardan quturib ketgan Kir II O’rta Osiyoga lashkar jo’natdi. U O’rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi bo’lgan. Мil. avv. 545 va 540-yillar oralig’ida u Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to’g’risida "tarixning otasi" Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar mas­sagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning podsho-hokimasi To’maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni rad etadi va Araks - Amudaryodan kechib o’tishni boshlash to’g’risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to’g’risida shunday hikoya qiladi: "Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog’i edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o’q yog’dirishdi. O’qlari tugagach, qo’llariga xanjar va nayzalar olib dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Кo’p qon to’kildi. Nihoyat, massagetlarning qo’li baland keldi. Fors qo’shinlarining ko’pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o’zi ham halok bo’ldi.” Miloddan avvalgi 522-yilda Aha­moniylar sulolasi vakillaridan biri Doro I taxtga o’tirdi. U miloddan avvalgi 522-486-yillarda hukm­ronlik qilgan. Doro I hukmronligining birinchi уili Marg’iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarildi. Qo’zg’olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo’zg’olonchilar bilan forslar qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522-yilda bo’ladi. Fradaning o’zi asirlikka olinadi va milod­dan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumot Behistun kitobalarida keltirilgan. Hukmronligining uchinchi yilida (miloddan avvalgi 519-уil) Doro I saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida Behistun bitiklarida shunday deyilgan: "Shoh Doro ayturki: keyin qo’shin bilan saklar mam1akatiga yurish qildim. Keyin uchib o’tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar jangga kirdilar. Мen daryodan o’tgach, saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim... Ularning Skunxa degan sardorini qo’lga tushirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men ularga boshqa bir sardor tayinladim. Мen shunday bo’lishini xohladim. So’ngra bu mamlakat menga tobe bo’ldi". Ayni mahalda bu yurish haqida tarixchi Poliуen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan cho’pon Shiroq keladi, u fors qo’shinlarini o’zidan boshqa hech kim bilmaydigan so’qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho’li biyobon bo’ylab yetti kun yo’l bosishgach, tashnalikdan do’zax azobini chekayotgan forslar o’zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho’ponni chopib tashlaydilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun Ahamoniylar butun boshli davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo’lib tashladi. Bu so’z forscha "xshatra" - "viloyat" so’zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig’i - satrapga cheklan­magan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko’pchiligi Ahamnoniуlar sulolasi vakillari bo’lgan. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari uch satrap­likka bo’linadi. Har bir satraplik yillik xiroj to’lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo’ylar), hunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol-yarog’, zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va hayvonlar terisi bilan to’lashgan. Doro I, uning vorisi Kserks hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 486-465-yillar) bosib olingan viloyatlardan O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashdilar. Mashhur Marafon jangida (miloddan avvalgi 490­ уil) fors qo’shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan saklar o’zini ko’rsatadi. Gerodot Kserks boshchiligi­da yunonlar ustiga yurish qil­gan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tas­virlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va oyboltalar bilan, xorazmiy­lar va so’g’diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilar­dan bo’lishgan. Mashhur qadimgi yunon dramaturgi Esxil o’zining "Forslar" tragediyasida Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan navqiron baqtriyalik jangchilarni tilga oladi. O’rta Osiyo xalqlari ustidan Ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko’proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib mustaqil bo’ldilar. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o’rganilgan. Ular O’rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimi (masalan, Qiziltepa, Uzunqir, Afrosiyob, Ko’zaliqir, Yerqo’r­g’on va boshqalar)da yirik hu­narmandchilik markazlari bo’l­gan. Manbalarda oltin, kumush, la’l, firuza ma’danlari qazib olingani, mis va temir eritil­gani, kulolchilik rivojlangani, O’rta Osiyoning Sharq mam­lakatlari bilan bog’langan qadimiy karvon yo’llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to’g’risida xabar beriladi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tar­qalgan. Zargarlik san’atining yuksak daraja­da rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazi­nasi oltin va kumush buyumlari yorqin misol bo’la oladi. Har bir shahar markazida qal’a – Arklar bo’lgan. Ularning atrofini egallagan dehqon xo’jaliklarida ota urug’iga mansub katta ­ katta oilalar kun kechirar edi. Dehqonchilik uy-qo’rg’onlari xonadonlar, xo’jalik va yordamchi tomorqa binolaridan iborat bo’lgan. Arxeologlar shahar va qo’rg’onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling