IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza”:
Neolit davri oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo’ldilar, ya’ni misdan foydalanish, qurollari va qurol-yaroqlar yasashga o’tildi. Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilishi davri eneolit - mis asri deb ataladi. Bu davr miloddan avvalgi 4-3-mingyilliklarga to’g’ri keladi. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan afzalliklariga qaramasdan, unchalik keng tarqalmadi. Odamlar misni qalayi, qo'rg'oshin yoki rux bilan qo'shib, eritib bronza olishni o’rganganlaridan keyingina metall tosh qurollarni siqib chiqara boshladi. So'ngra misga nisbatan mustahkam sun'iy metall keng tarqaldi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma'naviy madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Mil. avv. 4-ming- yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik vujudga keldi, xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo’ldi. Patriarxal oila - ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir. Bronza davri dehqonlarining manzilgohlari Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko’li yaqinidan topilgan. Shuningdek, Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh) va Tojikiston (Sarazm) hududlarida eneolit va bronza asriga oid uy-joylar va turli buyumlar topilgan va o’rganilgan. Surxondaryo vodiysida, Sherobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo’lgan Sopollitepani topishdi. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchiliklar, to’quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etdilar. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling