Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:
-o`quvchilar olgan bilimlarini chuqurlashtirish;
-tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish;
-olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga o`rgatish o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash
Nazorat turi: diktant
Uslub: yozma.
Jihoz: darslik, nazorat daftarlari, doska, bo`r.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa.
II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 40 daqiqa
III.Uyga vazifa berish 2 daqiqa.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish.
II.Nazorat ishini yozish.
Diktant:
Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan..., tangalarni tadqiq etish bilan esa... degan maxsus fanlar shug`ullanadi.
Yer yuzida odampaydo bo`lganidan to milodiy ... yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadarkechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi.
O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manba, zardushtiylarning muqaddas kitobi... dir. Miloddan avvalgi Vasrda qadimgi yunon tarixchisi ... turli mamlakatlarga sayohat qilib, to`qqiz kitobdan iborat... asarini yozdi.
...g`ori qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligidir. Undan 1938-yilda ....dan ziyod tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek qushlarning suyaklari topilgan.
Surxondaryovodiysida, Sherobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo`lgan ... manzilgohini topishdi.
Temir qimmatbaho va nodir metall bo`lmasada, undan dastlab zeb-ziynat buyumlari sifatida foydalanishgan.Shunday bezaklar Misr fir`avni ... maqbarasidan topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |