IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet292/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo’lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor Iosif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o’g’li" nomini olmish Iisus (Iso) tug’ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iisus sahroda yashovchi voiz Cho’qintiruvchi Ioaпn qo’lida Iordan daryosida cho’ qintiriladi. Уovuzlikni sodir etganlar Ioannga tavba qilish uchun kelishardi. Iisus Xristos begunoh bo’lsa-da, Yaratganga yo’l poklovchi tavba-tazarrudan bosh­lanishini ko’rsatib berish uchun cho’qinadi. O’n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo’ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo’jizalar ko’rsatadi - o’liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog’aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg’ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda aуblab, uni o’lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Iisusni Golgof tog’ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatda aytilishicha, Yer yuzidagi ilk inson - Odam ato dafn etilgan. Iso payg’ambar 3 kunda dahshatli azoblar gir­dobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g’orga qo’yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo’yilgan joyida yo’qligini ko’rishadi. Iso payg’ambar qayta tirilgan va me’rojga ko’tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuzi­ga qaytib kelishga va’da bergan. Iisus haqidagi rivoyatlar Уevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so’z "Xushxabar" ma’nosini anglatadi. Iso payg’ambar ta’limoti izdoshlari xristianlar (nas­roniylar )dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta’qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e’lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling