IX. 2018. Tarix 1-dars
Qadimgi Misr xudolaridan biri bo'lgan Apis qanday iloha bo`lgan?
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.Qadimgi Misrdagi Geliopol hozirda qaysi shahar
9.Qadimgi Misr xudolaridan biri bo'lgan Apis qanday iloha bo`lgan?
A. go'zallik xudosi B.hosildorlik xudosi C.muhabbat xudosi D.adolat xudosi 10.Qadimgi Misr xudolaridan biri bo'lgan Ptax qanday iloha bo'lgan? A.baxtsizlik, choi va bo'ron xudosi; B.odamni yaratayotgan har bir narsaning nomini odamga o'rgatgan xudo C.musiqa, muhabbat xudosi; D.fir'avnlarning bosh xudosi; 11.Qadimgi Misrdagi Geliopol hozirda qaysi shahar? A.Abidos B.Qohira C.Baolbek D.Aleksandriya III.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi va O’rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy - maqbaralar bo’lgan.. Eng mashhur piramidalar uch fir’avn - Xufu. Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo’jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida har biri ikki tonnadan og’irroq bo’lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq-rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o’rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydi. Ulardan birida fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgan edi. Yirik piramidalarni o’rtacha kamida 20 yil davomida qurishgan. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykallar qo’riqlaydi. Yangi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo’yishdi. Fir’avnlarni tog’larga o’yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo’lishdi. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo’lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig’maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog’liq bo’ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo’yiladi.. Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad rostlash uchun esa misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko’pdan ko’p matolar bilan o’rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo’yilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan. Hayvonlar ham mumiyolangan. Muqaddas hayvonlarni ham xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling