IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
III.Yangi mavzu bayoni:
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o’z ravnaqi cho’qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Уangi Bobil podsholigiga qo’shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo’ysunmas qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy-binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi bo’lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo’lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Уangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan М akedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o’choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo’lmish Shumer mixxati mil.avv. IV mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval "suv", "quyosh" va boshqa alohida so’zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo’lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim olguvchi maktablar tashkil qilingan edi. O’quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog’ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan. so’ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilк kitoblar bo’lib, o’quvchilar asotirlar va afsonalarni ko’chirib yozishgan, o’simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro’yxatlar tuzishgan. Loy toshtaxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o’tilgan. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oу taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh уili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oу уili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo’lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko’pzinali ibodatxonalar - zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mesopotamiyada zoologiya, biologiya, kimyo va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Мil. avv. III mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal tuzilgan edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda Fors ko’rfazi va Arabiston dengizi qirg’og’i bo’ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Мesopotamiyada yaratilgan edi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling