IX. 2018. Tarix 1-dars
Darsning texnologik xaritasi
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa II. Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 13 daqiqa IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 16 daqiqa V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa VI.Uyga vazifa berish 3 daqiqa
O`quvchilar bilan salomlashish, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. III.Yangi mavzu bayoni: Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yuradigan, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni biladigan odamlar bo'lib, ana shu xususiyatlari insonlarga hayvonot dunyosidan farqlanib sodda tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini olimlar turli mintaqalarda topib o'rganganlar, jumladan, Janubiy Afrikadan - avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan - zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziyadan) pitekantrop, Xitoy hududidan - sinantrop, shuninqdek, Germaniyadan - neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g'oridan hozirgi qiyofadagi odam - kromanyon suyaklari topilgan.Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Enq qadimgi odamlarning manzilgohlari Afrika, Osiyo va Yevropa ko'pgina hududlaridan topilgan. Yer yuzida toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg'ona vodiysidagi Selun- gur g`oridan va Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bular qo'pol tosh qurollar bo'lib, ularning bir tomoni urib o'tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo'lgan. Dastlabki mehnat qurollari sodda edi. Uchi o'tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o'tkir tayoq yor- damida o'simliklarning iste'molga yaroqli ildizlarni va ildizmevalarni kovlab olgan. Tabiat insonga nimani in'om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg'uloti bo'lgan termachilik va ovchilik o'zlashtiruvchi xo'jalik deb ataladi. A. P Okladnikov tomonidan 1938-yilda Boysun tog'laridan topilgan Teshiktosh g'ori o'rta paleolit davri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g'oridan uch mingga yaqin tosh qu- rollari va ularning parchalari, tog' echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g'orida topib tekshirilgan, tosh as- riga mansub 8 -- 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odamning suyak qoldiqlariga kamdan-kam hollarda duch keladilar. Bola jasadi qabrga ko'milgan. Jasad atrofiga tog’echkisi shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog'liq bo'lgan. Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to'plangan bilimlar astasekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o`zgartirib yubordi. Odamlar o`zlariga tushubnarsiz bo`lgan hodisalar haqida o'ylay boshladilar: kun bilan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam e`tiborini o`ziga tortgan. Bora-bora eng qadimgi odamlarda, inson vafot et- ganidan keyin yashashni davom ettiradigan olamga ketadi, degan aqidaga ishonch paydo bo'ladi. Yil fasllari almashinuvi, momaqaldiroq, bo'ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuch- larining harakati d damni o'rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod fanda animizm nomini olgan. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e'tiqod qilganlar. Bu e'tiqod fetishizm nomini olgan. So'nggi paleolitga oid g'orlar devorlardagi rasmlarning topilishi qadimgi odamlarda diniy e'tiqodlar bo'lgani to'g'risidagi isbotlardan biridir. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g'orlaridan topilgan. Qadimgi rasmlar qimmatli tarixiy manbalardir. Ular inson nimalar haqida o'ylagani, tevarak dunyoni qay yo'sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog'dan foy dalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling