63-rasm. Ionizatsion kameraning sxemasi.
1-manba, 2-diafragma, 3-kamera.
Bu qurilma 2 ta xususiyati bilan farqlanadi.
-Birinchidan fotonlar oqimi elektrodga tushmasligi uchun nurlanish qisqa tirqishli kollimator (diafragma) orqali o‘tadi va ular kameraning kirish va chiqish yupqa oynasiga nisbatan va o‘lchash hajmi chegarasida kamera to‘ldirilgan havo bilangina o‘zaro ta’sirlashadi xolos.
-Ikkinchidan kamerada etarlicha potensial bilan ta’minlangan va markaziy elektrodning ikki tomonida joylashgan himoya elektrodlari deb nomlangan qismlardan iborat.
Himoya elektrodlari tufayli hosil bo‘lgan elektr maydoni kameraning sezgirlik hajmi chegarasini aniqlashga imkon beradi, kameraning devori sifatida havo qatlami xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |