Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Ionlashtiruvchi nurlanishlarni qayd etuvchi dozimetrik asboblar


Download 1.87 Mb.
bet18/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

9.7 Ionlashtiruvchi nurlanishlarni qayd etuvchi dozimetrik asboblar.

Dozimetrik asboblar.

Dozimetriyada qo‘llaniladigan asboblar asosan 2 turga bo‘linadi:

-Xususiy dozimetrik asboblar-aniq bir chegaralarda ko‘rsatilgan doza yoki doza quvvatiga proporsional bo‘ladi;

-Radiometrik asboblar olingan ko‘rsatkichlarga tayanib ma’lum radioaktivlikka ega bo‘lgan zarralar oqimi zichligini aniqlashga imkon beradi[ 5].

Eng ko‘p tarqalgan dozimetrik asboblarga uzluksiz ta’sirli gaz razryadli va ionizatsion kameralar, ssintillyasion va yarim o‘tkazgichli schyotchiklar kiradi. Radiometriyada ko‘p ishlatiladigan asboblarga Geyger-Myuller, ssintillyasion va yarim o‘tkazgichli schyotchiklar misol bo‘la oladi.

Keyingi yillarda yuqori energiyali zarrachalarni o‘lchash uchun CHerenkov detektori hamda o‘tish nurlanishlari effektiga asoslangan detektorlar qo‘llanilmoqda.SHuningdek fotoemulsiyaga asoslangan dozimetrik qurilmalar ham yaratilgan. Tegishli dozimetrik va radiometrik asboblarning o‘lchash sohalari quyidagilardan iborat:

-Individual va kollektiv tashqi nurlanish dozalarini o‘lchash.

-Insondagi va atrof-muhitdagi jismlardagi alfa va beta zarrachalar oqimini o‘lchash;

-Havoning radioaktivlik darajasini o‘lchash;

-Suvdagi va oziq-ovqat mahsulotlardagi radioaktivlikni o‘lchash;

-Tuproqdan va o‘simlik dunyosidagi radioaktivlikni o‘lchash;

Dozimetriyaning eng asosiy vazifalaridan biri insonga ta’sir qiluvchi radiatsiya dozasini yoki inson kiyimi tomonidan yutilgan radioaktiv doza energiyasini o‘lchashdan iborat.



Odam tanasining effektiv tartib raqamibo‘lib havoning effektiv tartib raqamiga ancha yaqin . Bu esa berilgan nurlanishlarni havodagi ionizatsiyasiga asosan inson organlari yoki tanasi tomonidan yutilgan dozani aniqlashga imkon beradi.

Keyingi vaqtlarda havoning effektiv tartib raqamini bilgan holda radioakiv elementni qayd qiluvchi detektorlarni devorini ekvivalent bo‘lgan materiallardan yasalishi maqsadga muvofiqligi aniqlandi. Havo ekvivalentli moddalarga bakelit, pleksiglas va polistrol moddalari kiradi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling