Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet39/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Radon Rn222 va Toron (Th220) – rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz bo‘lib, qisqa yashovchi tabiiy radioaktiv radiy va toriyning emirilishidan hosil bo‘ladi

Suvda radonning konsentratsiyasi, kBk/m3.

5-jadval



Manbai

Mamlakatlar

Konsentratsiyasi

1

Okeanlar

-

10-3

2

Dengizlar

-

0,5-0,26

3

Daryolar

-

7,4-11,1

4

Ichimlik suvi

1

Avstriya

3700







2

Finlyandiya

1200







3

Italiya

80







4

SHvetsiya

20-150







5

Rossiya

120-200







6

AQSH

660-5800







7

Angliya

7,5-481







8

Fransiya

3200-3700







9

YAponiya

20000-25900

Radonning eng ko‘p to‘planishi (o‘pkada) shimoliy mamlakatlarda kuzatiladi. Maksimal konsentratsiyasi binolarni ichida, asosan yuvinish xonalarida (havo almashinmaydigan xonalarda) o‘rtacha ko‘rsatkichdan 30-40 marta yuqori bo‘ladi. Ayniqsa ko‘p qavatli uylarning 1-qavatida ham radon gazining miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15-20 marta ko‘p uchraydi.


Radonning havoli muhitdagi miqdori, Bk/m3.

6-jadval

Mamlakatlar

Er sirtida havodagi miqdori

YAshash xonalaridagi

miqdori

To‘plangan o‘rtacha dozasi, mkZv.

Fransiya



4,8-13

300,0

Rossiya



6-17

400-1000

AQSH



17

800-1300

Islandiya



21

400

SHvetsiya



26

3700

Ko‘p qavatli uylarning (temir-betonli, blokli, qizil g‘ishtlardan qurilgan) pastki qavatli xonalarida radon gazining radioaktiv foni o‘rtacha qiymatdan ancha ko‘p bo‘lib – 5-10 kBk/m3 atrofida bo‘ladi. Radioaktiv inert gazlarning emirilishi va larning juda kichik o‘lchamli () zarrali qattiq radioaktiv mahsulotlarning hosil bo‘lishi bilan tugaydi. izotopining o‘rtacha konsentratsiyasi SHimoliy yarim sharning Er sirti atmosfera qatlamlarida – 0,5 mBk/m3 ni tashkil qiladi. Radioaktiv va larning nisbati 0,2 ga teng. Inert nurlantiruvchilardan farqli ravishda uning izotoplari inson organizmiga ham havo aerozollari ko‘rinishda, ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan 10 pKu/sutka miqdorida kiradi. Inson tanasida 100-400 pKu (0,4-1,5 Bk) gacha miqdorda mavjud bo‘ladi. Ayniqsa sigaret chekuvchilar organizmida bu izotoplar bir yilda 80 mKu gacha to‘planib qoladi.

Kam miqdorda inson organizmiga atmosferaning yuqori qatlamida to‘plangan kosmik neytronlar oqimi ta’sirida hosil bo‘lgan radionuklidlar ham ta’sir ko‘rsatadi.



Atmosfera bosimiga bog‘liq ravishda kosmogen radionuklidlar (tritiy) va  (uglerod) ham mavjud. ning (rangsiz gaz radionuklidlar oilasiga mansub) biosferadagi hisoblangan miqdori – (92,5-185,0)1016 Bk ni tashkil qiladi, uning asosiy qismi (65%) okeanlarda, qolgan qismi tuproqda ko‘chib (migratsiya) qiladi. Tabiiy tritiyning oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori juda kichik – 15-25 Bk/kg atrofida.

Uglerodning (S14) miqdori ancha yuqori. Biosferadagi hisoblangan yig‘indi miqdori 8,5 EBk (1 Eksa-1018) bo‘lib, atmosferada – 1,6%, tuproqda – 4%, okeanlarning yuza qismida – 2,2%, chuqur qismida – 92% va boshqa muhitlarda – 0,2% ni tashkil qiladi. Uglerod oksidi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan o‘simliklarga so‘riladi va shu sababli etarlicha ko‘p miqdorda uchraydi. Inson organizmiga asosan oziq-ovqatlar orqali (99 %) hamda havo orqali (1%) kiradi. Organik birikmalarda o‘rtacha solishtirma aktivligi – 230 Bk/kg ni tashkil etadi.

Ikkala radionuklid – yumshoq β-nurlanuvchi parametriga ega bo‘lib, to‘qimalarda tekis taqsimlanadi va yog‘li strukturalarda to‘planadi.

YUmshoq β-nurlanuvchilarni (radioaktiv vodorod, uglerod, kaliy) (yutilgan dozasi) organizmda tekis taqsimlanishidan to‘qima hujayralari foton elektron oqimlarini eng katta qiymatlarini qabul qiladi. Dozani shakllanishida modda almashinuv tezligi tufayli hujayra ba’zi bir funksional aktivlikka ega bo‘ladi. Uran, toriy qatorlaridagi radionuklidlar biologik to‘qimalarga kamroq kiruvchan bo‘ladi. Organizmga kirib, evolyusion zanjir asosida bu nurlanuvchilar guruhi suyak to‘qimalarida ko‘proq to‘planadi.

Tashqi radiatsion ta’sirni to‘ldiruvchi ichki nurlanishlar spektri asosan kosmik, fotonli va korpuskulyar (asosan neytronli) nurlanishlardan hamda organizmdan tashqarida (uylar devorlari, to‘planib qolgan inert gazlarda, tuproqda) radioaktiv γ-nurlanuvchilardan tashkil topadi.

Kosmik nurlanishlar million yillar davomida noyob atmosfera strukturasining tashqi o‘zgaruvchan Galaktik (93%) va Quyoshning yuqori energiyali zarrachalar oqimidan iborat bo‘lib keldi.

Galaktik zarrachalar oqim energiyasi asosan protonlardan iborat bo‘lib, o‘rtacha energiyasi 100-1014 MeV atrofida. Protonlar bilan birga kosmik nurlanishlar tarkibiga atom tartib raqamlari 3-5, 10-19 bo‘lgan yadrolarning proton-neytron parchalari kiradi. Birlamchi kosmik nurlanishlar intensivligi Quyosh aktivligining 11 yillik sikliga bog‘liq bo‘lib, chaqnash davrida 2-3 marta ortib ketadi.

Magnit maydoni bilan birgalikda kosmik nurlanishlar oqimi Er sirtidan 2-8 R (R-Er radiusi) masofalarda (nisbatan qisqa ekvatorli va ekvatordan 30-60 grad kengliklarda) sayyoraning radiatsion belbog‘ini keskin kamaytiradi. Kosmik radiatsiya oqimining birlamchi spektrini oxirgi o‘zgarishi dengiz sathidan 20 km balandlikda uning Ozon qatlami bilan o‘zaro ta’sirida ro‘y beradi. Gravitatsion maydon quvvatining va sayyoraning radiatsion belbog‘ining kamayishiga bog‘liq holda kosmik nurlanishlarning yig‘indi ekvivalent dozasi mos ravishda ekvatorda – 35 mber, qutbda esa – 800 mber oraliqlarda o‘zgaradi. SHunday qilib Erning tabiiy radiatsion fonini yarim emirilish davri nihoyatda katta bo‘lgan uran-238,kaliy-40, toriy-232 ,radiy-226 kabi tabiiy radionuklidlar bilan bir qatorda kosmogen radioaktiv elementlar ham hosil qilib insoniyat bu tabiiy radioaktiv izotoplar hosil qilgan fon ta’sirida yashab kelmoqda, chunki biosfera ham shu radiatsion fon ta’sirida shakkllandi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling