Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Antropogen radiatsion fon


Download 1.87 Mb.
bet40/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

10.4 Antropogen radiatsion fon.

Er mintaqasida antropogen radiatsion fonning hosil bo‘lishida texnogen radionuklidlar ham asosiy o‘rinni egallaydi.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshlarida yadro energetikasining rivojlanishi, yadro qurollarini sinovlaridan boshlab insoniyat turli xil energiyalarni hosil qilish maqsadida, bugun atrof-muhitga turli chiqindilarni chiqarib tashlashi va boshqa texnik jarayonlarni jadal rivojlanishi antropogen fonni keskin o‘zgarishiga olib keldi. Ko‘plab radioaktiv ifloslanishlar, ba’zi radionuklidlarning ko‘plab qo‘llanilishi Er yuzi aholisining juda katta radiatsion doza olishiga sabab bo‘ldi.

Muhitni radioaktiv ifloslanishining antropogen manbalari va aholini qo‘shimcha radiatsion nurlanishi bu juda katta miqdorda yadro portlashlarni o‘tkazish, atom elektrostansiyalarida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilar, yadro yoqilg‘isini ishlab chiqaruvchi korxonalar, AES larda sodir bo‘lgan falokatlar, yadro energetik qurulmasiga ega bo‘lgan yo‘ldoshlar atmosferada yonib ketishi, turli xil radioaktiv preparatlarning tibbiyotda qo‘llanilishi, yadro ilmiy-texnik laboratoriyalarida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir.

Bundan tashqari juda chuqurlikdan foydali qazilmalarni olib chiqish, uglerod birikmali moddalarni katta miqdorda yoqish, katta quvvatli harbiy va fuqarolar transport samolyotlarini ko‘plab uchishi kabi antropogen manbalar Er aholisini qo‘shimcha radiatsion nurlanish olishiga sabab bo‘ldi.

YUqoridagilarni hisobga olib antropogen radiatsion fonni 3 ta kategoriyaga ajratish mumkin.

1)Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida texnologik jarayonni o‘zgarishi tufayli bo‘ladigan tabiiy radiatsion fon;

2)YAdro qurollari sinovlari ta’sirida hosil bo‘lgan radionuklidlar tufayli biosferani ifloslanishi

3)Korxonalarning yadro yoqilg‘isidan foydalanishida atrof-muhitning radiatsion ifloslanishi;

Agar dunyoni bir butunlikda qaraganda antropogen nurlanishlar manbalarini butun radioaktiv nurlanishlarning hissasi uchun katta bo‘lmasada, ammo insoniyat o‘zining faoliyati davomida asta-sekinlik bilan atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Bu esa biz yuqorida (10.2 paragrafda) ta’kidlagan va insoniyat uchun turli xil genetik effektlarga olib kelishi mumkin.

SHuningdek neft, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlarini qazib olish, ularni yoqish, rudalarni qayta ishlash qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishdagi hosil bo‘lgan radioaktiv fon muhitning radioaktiv taqsimotini keskin o‘zgartiradi. Etarlicha miqdorda bunday ifloslanishlarning asosiy manbalari – issiqlik elektrostansiyalaridagi Kaliy-40, Uran-238, Toriy-232 izotopidir. Ko‘mirdagi rasman radionuklidlarning miqdori Kaliy-40, Uran-238, Toriy-232 lar uchun mos ravishda 50, 20, 10 Bk/kg ga teng. Real yoqilg‘ilarda (uran uchun) radionuklidlarning miqdori 320-520 Bk/kg gacha etadi. Bugungi kunda Er sayyorasida bir yilda 450 mln. tonna ko‘mir yoqiladi, bu esa radioaktiv fonning 0,03 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari ichki yonish dvigatellarida yoqilg‘ilarning yonishidan C14 va K40 lar hisobidan texnogen radioaktiv fon hosil bo‘ladi.

SHuningdek fosfatli o‘g‘itlar ham radiatsion fonni shakllanishiga hissa qo‘shadi. Bunda asosan nitrofos, ammoniy, fosforit uni va fosfatning radiatsion aktivligi katta va buning maksimal qiymati 50 Bk/kg ga teng.



7-jadvalda tabiiy ham antropogen radionuklidlarning asosiy parametrlari ko‘rsatilgan. Kaliy-40, uglerod-14,radon-222,radiy-226 va toriy-232 izotoplar tabiiy radionuklidlar hamda poloniy-209 , stronsiy-90,yod 131,132, seziy-137 va plutoniy -238,239 izotoplari-texnogen radionuklidlar oilasiga mansub bo‘lib bu radionuklidlar asosan yadro portlashlarida hosil bo‘ladi. Eng e’tiborli tomoni shundaki tabiiy radionuklidlar ham texnogen radionuklidlar ham asosan inson tanasining barcha qismlarida , suvli to‘qimalardan tortib jigar, o‘pka, qalqonsimon bezda,suyak iliklarida va odam skeletida to‘planadi.Ularning ta’sir darajasi ularning yarim emirilish davriga bog‘liq. Bu radionuklidlarning deyarlik barchasi Beta va Gamma nurlanishlar manbai hisoblanadi, 4-5 tasi Alfa nurlanishlar manbai bo‘la oladi xolos. Antropogen radionuklidlar ichida inson uchun eng xavflisi bu stronsiy-90,seziy-137 va yod-131 izotoplaridir [2].


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling