Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet52/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

13-jadval

Nuklid

YArim emirilish davri

Nuklidlarning yig‘indi aktivligi, Ku

Hissasi, %

Reaktordagi miqdori

1993 yildagi nuklidlarning yig‘indi aktivligi

137Cs

30 yil

2,3

31

89,4

134Cs

2 yil

1,4

31

4,4

131J

8 sutka

1798

55

-

90Sr

29 yil

0,46

4

1,9

Portlash natijasida atmosferada qolgan radionuklidlar mana 35 yildirki atrof-muhitni ifloslantirib kelmoqda. CHernobel AES da halokat sodir bo‘lish paytida 200 kishi ishlagan, 900 kishi kechki smenada falokat sodir bo‘lgan reaktordan 5 km masofada AES ning 5 va 6 bloklarini qurish bilan shug‘ullangan. Portlash vaqtida 2 kishi vafot etgan, 83 kun ichida kuchli nurlanish olganligi uchun 400 nafar xodimlar Moskva va Kiev shaharlariga yuborilgan.

Radionuklidlarning atrof-muhitda taqsimlanishi va ifloslanishi bir xil bo‘lmagan. Portlash natijasida Polsha, Germaniya, Italiya, SHveysariya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya kabi mamlakatlarda radiatsion fon me’yordagidan 8-10 marta katta bo‘lgan. 5-10 kun ichida radionuklidlar Angliya, Gretsiya, Quvayt, Turkiyada ham qayd etilgan. Radionuklidlar bilan eng ko‘p ifloslanish darajasi Rossiyaning 13 ta viloyatida, Belorussiya va Ukrainaning o‘nlab viloyatlarida yuz bergan. Aktivligi >40 Ku/km2 bo‘lgan hududlarning umumiy maydoni 7000 km2 (Rossiyada 2000 km2) bo‘lib, bu hududdan tezlik bilan 140000 aholi boshqa joylarga ko‘chirilgan. Hududning aktivligini pasaytirish maqsadida 200000 m3 tuproq olib tashlangan o‘nlab qishloqlar va aholi uy joylari tekislab, ko‘mib tashlangan.

Atrrof-muhitni eng ko‘p ifloslantirilgan radionuklidlar seziy (muhitning yig‘indi radioaktivliginining – 79,3 % ni tashkil etgan), stronsiy (19,8 %) va plutoniy (0,9 %) hisoblanadi..


  • Belorussiyada radioaktiv ifloslangan hududlar hissasi (CHernobel falokatini o‘rganuvchi xalqaro dasturga ko‘ra) 22 % (20 % aholi) ni tashkil qilib, aktivlik 1 Ku/km2 ga teng bo‘lgan. Umumiy ifloslangan hudud 80 %. 30 % dan ko‘proq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

  • Ukrainada radioaktiv ifloslangan hudud mamlakat hududining 30 % qamrab olgan. Radioaktivlik Obruchinsk, Ivanovsk, Polessiya rayonlarida – 40 Ku/km2, yig‘indi ekvivalent doza – 4,86 ber/yil ga teng bo‘lgan. 1991 yil ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatning 1,6 mln aholisi kuchli nurlanish ta’siriga uchragan.

  • Tashqi nurlanish foni 5-10 marta katta bo‘lgan tabiiy anomal radiatsion ta’sir mavjud bo‘lgan hududlarda yuzlab yillar mobaynida o‘nlab millionlab odamlar yashab kelmoqda. Bu hududlar tuproqlarida, turli minerallar tarkibida etarlicha radionuklidlar mavjud bo‘lib ular turli yo‘llar bilan inson organizmiga kirmoqda.

SHu narsani ta’kidlash kerakki bugungi kunda ham antropogen radiatsion fonni shakllanishida insoniyat tarixida bo‘lib o‘tgan (yadro sinovlaridan tashqari) yadro reaktori va qurollarida bo‘lib o‘tgan falokatlar: jumladan “MNK (uran, 1957 yil) Vindeyskeym (Angliya, 1957), Tri Ma Aylend (Pensilvaniya, AQSH, 1979) CHernobel (Sobiq SSSR, 1986) va Fukusuma (YAponiya, 2013)” natijasida Er sayyorasida radiatsion fonni kuchaytiruvchi va atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelishadi. YAqin kelajakda fizikaviy ekologiya (radiatsion ekologiya) fani, kimyoviy ekologiya kabi ekologiya fanlari bilan hamkorlikda Er sayyorasining global ekologik falokatlardan xalos bo‘lish muammolarini hal etishi kerak.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling