Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Radionuklidlarning suvda tarqalishi


Download 1.87 Mb.
bet60/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

11.3.Radionuklidlarning suvda tarqalishi.

YUqorida turli tabiiy va antropogen radionuklidlar biosferaga ta’sir etsa, bu ta’sirning asosiy qismi dunyo okeanlari, daryolar, ko‘llar va daryo suvlari hissasiga to‘g‘ri keladi, chunki Er yuzasining 72 % suvlikdan iborat. Tabiiy radioaktiv izotoplarning asosiy hissasi ham dunyo okeanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra dunyo okeanida taxminan 4,3 mlrd tonna uran-238, 69 million tonna toriy-232 izotoplari mavjud bo‘lib, ularning yig‘indi aktivligi mos ravishda Bk vaBkdan iborat. Dunyo okeanlari va dengizlaridagi uran miqdori quruqlikdagi miqdoridan 15-20 marta ko‘p, bu esa bir qator uran birikmalarini erigan holda suvda mavjudligini ko‘rsatadi. YUz million yillar davomida uran tuzlari va boshqa birikmalari quruqlikdan, vulqon jinslaridan, chiqindilaridan yomg‘irlar bilan yuvilib kuchli shamollar ta’sirida okeanga tushgan. Okean suvlarida kuchli eriganligi uchun hozirda dunyo okeanlari va dengizlarida taxminan aktivligi Bk bo‘lgan 75 milliard tonna kaliy-40 izotopi erigan holda mavjud. Aynan mana shu kaliy-40 dunyo okeanining radioaktivligini belgilaydi. Bundan tashqari daryolar, orqali materikdan yuvilib va yomg‘ir ta’sirida atmosferadan tushganlar hisobiga (tritiy) ning 2/3 qismi va ( erigan) ning kamroq qismi dunyo okeanida mavjud.

SHuningdek tabiiy radioaktiv elementlardan tashqari katta miqdorda yadro-energetik radionuklidlar ham dunyo okeanlari dengizlari va ko‘llarda tarqalib ketgan. Okean va dengizlarda radionuklidlarning konsentratsiyasi daryo va ko‘llar va boshqa suv havzalariga qaraganda kam miqdorni tashkil etadi.

Atrof – muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar AES lardan chiqadigan sovutuvchi sistemalar va boshqa chiqindilar suv havzalariga, ko‘llarga, dengiz va daryolarga suv bilan oqib kiradi. Hozirda er yuzasining 2/3 qismini tashkil qilgan suv qismida ifloslanishlarning 80 % antropogen ifloslanishlar tashkil qilib,ularning asosiy qismi sun’iy radionuklidlar hisoblanadi. Suv havzalarida radionuklidlar konsentratsiyasi tuproqdagi miqdorga ham bog‘liq bo‘lib stronsiy () 2,5 yilda kamayib boradi, tuproqdagi seziy (), stronsiyga qaraganda 10 marta kam.

Suv yuzasiga tushayotgan radionuklidlar avval suv yuzasida yuza qatlamida keyinchalikasta-sekinlik bilan chuqurlikka kirib boradi.700 m chuqurlikdagi stronsiyning konsentratsiyasi er sirtiga qaraganda 30-35 % ga kam bo‘ladi. Ayniqsa stronsiy va seziyning dengizlardagi konsentratsiyasi okeanlarga qaraganda ancha katta bo‘ladi.

Radionuklidlarning to‘planish koeffitsienti chuchuk suv havzalari tubida uncha katta emas, ammo suv yuzasida aktivlik 5-10 marta yuqori, ayniqsa biomassada , suv o‘simliklarida to‘planish koeffitsienti 200-1000 marta, ba’zi suv o‘tlarida 4000 martagacha yuqori bo‘ladi[5-6].

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki Er sirtida 90Sr-stronsiy bilan ifloslanish 40 yildan keyin 1 m chuqurlikda dastlabki konsentratsiyasining~4٠10-3 qismini, 1000 yildan keyin esa 8٠10-4 qismini tashkil qiladi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling