Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Turli xil yo‘llar bilan oziq-ovqat mahsulotlariga tushadigan sun’iy radionuklidlar


Download 1.87 Mb.
bet63/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Turli xil yo‘llar bilan oziq-ovqat mahsulotlariga tushadigan sun’iy radionuklidlar

5-jadval

7Be-berilliy

76As-mishyak

103Ru-ruteniy

123Te-tellur

22Na-natriy

88Rb-rubidiy

105Ru-ruteniy

134Cs-seziy

51Cr-xrom

89Sr-stronsiy

106Ru-ruteniy

137Cs-seziy

54Mn-magniy

90Sr-stronsiy

108Ag-kumush

139 Cs-seziy

59Fe-temir

91Sr-stronsiy

110Ag-kumush

141Cs -seziy

57Co-kobalt

95Zr-sirkoniy

113Sn-qalay

144Cs-seziy

58Co-kobalt

97Zr-sirkoniy

45Cd-kadmiy

140Ba-bariy

60Co-kobalt

95No-niobiy

124Sb-surma

140La-lantan

63Ni-nikel

99Mo-molibden

125Sb-surma

180Ta-tantal

65Zn-rux

99Te-texnitsiy

123Sn-qalay

14C-uglerod

YUqoridagi ko‘rsatilgan elementlar ham turli xil oziq-ovqat mahsulotlari orqali inson organizmiga tushadi. Ma’lumotlarga ko‘ra baliq va baliq maxsulotlaridagi134Cs izotopining radioaktivligi-690-750 Bk/kg bo‘lsa137Cs izotopiniki esa-570-590 Bk/kg ga to‘g‘ri keladi.

CHernobel AES-portlashidan so‘ng bir qator mamlakatlarda Ruminiya, SHvetsiya, Gretsiya, Bolgariya, Belorussiya, Ukraina va Rossiyada oziq – ovqat mahsulotlarida 131I (yod) va 137Cs larning konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lib ayniqsa sut va sut mahsulotlarida 30-45 Bk/kg ni tashkil qilgan edi

Ayniqsa 137Cs oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari boshqa o‘simliklar tarkibida ko‘p uchraydi, 150-215 Bk/kg gacha etadi (Gretsiya, YUgoslaviya). BMT olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra oziq-ovqatlar orqali inson organizmining radionuklidlar bilan nurlanishining 50% 137Cs va 134Cs elementlari izotoplari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari 4-10% qismi 90Sr (stronsiy) orqali inson organizmiga kirib boradi. YAdro sinovlari davrida bu radionuklidlarning umumiy hissasi 2000-3000 Bk/kg (1975 yil) to‘g‘ri keladi.

Har holda keyingi yillarda stronsiyning oziq-ovqatlar tarkibida inson organizmiga kirishi biroz kamaydi. Inson organizmiga kirgan tabiiy va texnogen radionuklidlarning inson tanasining qaysi qismida to‘planishi 10 bobning 7 paragrafida keltirilgan.



11.5. Biologik xavfli izotoplar (yod, stronsiy, seziy va h.k) va ularning xarakteristikasi.

Radioaktiv izotoplar tirik organizmlar uchun turlicha xavf tug‘diradi. Biosferaga va tirik organizmlarga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan kattaliklar quyidagilar :

1)YArim emirilish davri. Bu vaqt har qanday elementning dastlabki yadrolari sonining 2 marta kamayishi uchun ketgan vaqt. YArim emirilish davri qancha kichik bo‘lsa bu izotop shuncha tez emiriladi va bu vaqt ichida uning aktivligi shuncha katta bo‘ladi.

2)Ionizatsiya nurlanish energiyasi. Radioaktiv emirilish mahsulotlari ( va nurlanishlar) energiyasi qancha katta bo‘lsa tirik organizmlar to‘qimalarini jarohatlash imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi. Radioaktiv nurlanishlar energiyasi yuqori bo‘lsa, organizmning nurlanish dozasi ham yuqori bo‘lib, chegaraviy dozadan o‘tgandan so‘ng organizmning halok bo‘lishi bilan tugaydi.

3)Radionuklidlarning kimyoviy xossalari. Berilgan radionuklidning turli xil kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyati organizm uchun eng katta va hal qiluvchi xavfni tug‘diradi. Ba’zi bir radioaktiv izotoplar boshqa elementlar bilan tezda bog‘lanadi, masalan: radioaktiv izotoplar tuproq zarralari bilan tezda birikib, qisman xavfsiz holatga o‘tadi. SHu bilan birgalikda kimyoviy juda aktiv bo‘lgan radioaktiv izotoplar tirik organizmlar to‘qimalariga chuqur kirib boradi va u organizmda to‘planadi, bu esa organizm uchun katta xavf tug‘diradi. Radioaktiv izotoplar energiyasi va yarim emirilish davriga qarab inson organizmining turli a’zolarida to‘planadi va jarohatlaydi.

Bir qator radioaktiv izotoplar ba’zi elementlar bilan tezda reaksiyaga kirishib boshqa elementlarga aylanadi va ular deyarli migratsiyaga uchramaydi. Bu esa inson organizmi uchun juda katta xavf tug‘diradi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling