Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Radionuklidlarning oziq-ovqat mahsulotlarida tarqalishi. Oziq -ovqat zanjiri orqali radionuklidlarning inson organizmiga kirishi


Download 1.87 Mb.
bet61/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

11.4. Radionuklidlarning oziq-ovqat mahsulotlarida tarqalishi. Oziq -ovqat zanjiri orqali radionuklidlarning inson organizmiga kirishi.

Radionuklidlar o‘simlikga faqat tuproq orqali o‘tibgina qolmasdan, balki atmosferadan tushgan, turli aerozol ko‘rinishdagi radionuklidlar hisobidan ham o‘simlik dunyosidagi radioaktiv fon doimo yuqori bo‘ladi. Ayniqsa radionuklidlarning gorizontal migratsiyasida asosiy ob’ekt bu o‘simlik bo‘lib, radionuklidlarning inson organizmiga kirishidagi asosiy yo‘l bu tuproq va o‘simlik muhitidir. Radionuklidlar tuproq orqali o‘simlik ildiz sistemasiga kirib ba’zi birikmalarni hosil qilib kimyoviy reaksiyaga kirishadi (ayniqsa tuproqning 4-5 sm qatlamli yuza qismi bilan). CHo‘l tuproqlarida radionuklidlar migratsiyasi asta-sekinlik bilan kuchayib har yili bir necha mm ga ortib boraveradi.

Radionuklidlar Er sirtidagi o‘simliklarning ildizidan so‘rilib, ularning poya qismida to‘planadi. Qurib qolgan o‘simlik chirib yana tuproqqa kiradi va yana yuqoridagi ketma-ketlikda o‘simlik ildiz-poyasida to‘planadi. SHunday qilib tabiatda radioaktiv izotoplarning inson organizmiga tushishi 3-jadvalda ko‘rsatilgan sxema orqali amalga oshadi. Atmosferada to‘plangan radionuklidlar yomg‘irlar, qorlar, ayniqsa jala yomg‘irlari tufayli suv havzalariga oqib tushadi va yomg‘ir suvlarining bir qismi bilan qo‘shilib tuproqqa singib ketadi. Tuproqda hosil bo‘lgan radionuklidlar yuqorida ta’kidlanganidek avval o‘simlik ildizida to‘planadi. Bunday to‘planish dengiz suv o‘tlarida nihoyatda yuqori. SHundan so‘ng o‘simlik dunyosidan hayvonot dunyosiga o‘tgan radioizotoplar oziq-ovqat mahsulotlari tufayli inson organizmiga tushadi [5-8]/

YOd () izotoplarining sut mahsulotlaridagi (ayniqsa yangi sut mahsulotlaridagi) aktivligi nihoyatda yuqori bo‘lsa, dengiz hayvonlaridan baliq va baliq mahsulotlarida radioaktivlik darajasi odatdagidan 10-15 marta yuqori bo‘ladi. Bu esa ayniqsa yadro-energetik radioaktiv izotoplardan stronsiy-90 izotopining suyak va skeletda to‘planishi bilan bog‘liq (10 bobdagi 7-jadvalga qarang)

Demak, 4-jadvalda keltirilgan sxemaga asosan turli xil manbalardan atmosferaga chiqarilgan radionuklidlar atmosferadan suv havzalariga suv havzalaridan bulutlar va yomg‘irlar tufayli tuproqqa, so‘ngra o‘simlik dunyosiga shundan so‘ng hayvon organizmiga va oqibatda oziq-ovqat mahsulotlari tufayli inson organizmiga kirib boradi.

Tuproqdagi radioaktiv elementlarning tabiiy manbalari hisoblangan Er qa’rida joylashgan radioaktiv elementlar ham inson organizmga oziq-ovqat mahsulotlari bilan kiradi.

Hozirgi YAponiya, Angliya va AQSH olimlari tadqiqotlariga ko‘ra Er yuzida tekis taqsimlangan yarim emirilish davri juda katta bo‘lgan kaliy-40, uran-238 va toriy-232 uzoq emiriladigan izotoplar kiradi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling