Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet64/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

11.5.1 Yod (126I,131I)

Yod-galogen, kimyoviy o‘ta aktiv modda, kuchli oksidlash xususiyatiga ega. Past aktivlikka ega bo‘lgan yod birikmadan boshqa galogenlar-ftor, xlor va brom ta’sirida chiqib ketadi. Yod suvda yomon eriydi, lekin organik moddalarda, spirtlarda yaxshi eriydi. Normal sharoitda ( mm.sim.ust) yod kristall formaga ega bo‘lib, sublimatsiyalanadi. Yodning radioaktiv izotoplari atrof-muhitga qattiq fazadagi kichik zarralar va gazsimon ko‘rinishda tarqalib ketadi.



Inson har kuni o‘rtacha bir sutkada oziq-ovqat mahsulotlari (ayniqsa yangi sut mahsulotida) bilan taxminan 0,1-0,2 mg yod iste’mol qiladi va organizmga tushgan yod qalqonsimon bezda to‘planadi, va juda kichik miqdorda organizm uchun zarur bo‘ladi. Ammo yod sut va sut mahsuotlari orqali ko‘p miqdorda inson organizmiga kirishi organizm uchun nihoyatda xavfli hisoblanadi. Yodning () yarim emirilish davri 8 sutka bo‘lib, bu qisqa vaqt ichida aktivligi yuqori bo‘lganligi uchun qalqonsimon bezni jarohatlashga ulguradi va organizmda rak kasalligini keltirib chiqaradi. Ammo yod - ning yashash vaqti kichik bo‘lganligi sababli yangi sut va sut mahsulotlarini emas, ma’lum bir muddat saqlangan (kamida 2-3 kun) sut yoki sut kukunlarini iste’mol qilgan ma’qulroq. Bu esa ortiqcha yod izotoplarini qalqonsimon bezda ko‘p to‘planishini oldini oladi.Yodning izotoplari 6-jadvalda keltirilgan


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling