Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet67/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Seziy izotoplari

8-jadval

Izotoplar

Emirilish tipi

YArim emirilish davri

Zarracha energiyasi /γ-kvant, Mev

135Cs

β-

2,3٠106 yil

0,657;0,341/0,16;0,340; 0,818

136Cs

β-

13,16 sutka

0,21

137Cs

β-

30 yil

1,176; 0,514/0,662

Seziy organizmga tez kiradi, modda almashinuvida faol qatnashadi va asosan organizmning yumshoq to‘qimalarida to‘planadi. Bioligik, kimyoviy aktivligi tufayli seziyning kuchli migratsiyasi stronsiy migratsiyasiga qaraganda 2 marta katta. Seziyning eng asosiy izotoplari 8-jadvalda keltirilgan.

11.6 Kosmogen radionuklidlar va ularning atrof-muhitda tarqalishi

Deyarli barcha tabiiy moddalar birlamchi radionuklidlardir. Tarkibida juda kichik miqdorda bo‘lsada radionuklidlar mavjud bo‘lib, ularni sezgirligini o‘ta yuqori bo‘lgan maxsus asboblarda kuzatish mumkin. Bu aytilgan fikrlar barcha turdagi moddalar (turli holatdagi suvlar, havo, tuproq, tosh, qum va hokazo) hamda tirik organizmlarning suyak va to‘qimalari uchun ham o‘rinli. Atrof-muhitda mavjud radionuklidlarning kelib chiqishi ham turlicha. Bir qism radionuklidlarning kelib chiqishi tabiiy, bir qismi yadro-energetik radionuklidlardir. Radionuklidlarning ma’lum bir guruhi kosmik nurlanishlarning biosferaga ta’sirida hosil bo‘lsa, erga esa kosmik chang yoki juda kichik o‘lchamli meteoritlar ko‘rinishida kelib tushadi. Kosmogen bo‘lmagan ba’zi bir radionuklidlarning yarim emirilish davri erning yoshiga teng bo‘lsa, ayrimlari uran va toriyning emirilishidan hosil bo‘lgan oraliq radionuklidlar guruhiga mansub. Radionuklidlarning asosiy qismi insonning texnogen faoliyatining mahsulidir. SHunday qilib atrof-muhitning nurlanishlar manbai sifatida tabiiy radionuklidlar kosmogen, birlamchi va antropogen radionuklidlarga bo‘linadi [4-5].Atmosferaning yuqori qatlamlarida yadrolararo o‘zaro ta’sir hisobidan ikkilamchi proton va neytronlar to‘planadi. Atmosfera balandligining oshib borishi bilan nuklonlar miqdori kamayadi va ikkilamchi nurlanishlar tarkibi o‘zgaradi. Er sirti yaqinida yadro-aktiv zarrachalardan faqat neytronlar mavjud bo‘ladi. Bu hududda protonlar miqdori nihoyatda kichik. Atmosferaning Erga yaqin past qatlamida ikkilamchi kosmik nurlanishlar oqimining havoda, suvda va tuproqda kosmogen radionuklidlarni hosil qilish ehtimolligi juda kichik. SHunday qilib, atmosfera qatlamlarida kosmogen radionuklidlar azot yadrosining kislorod, argon va uglerod, asosan ikkilamchi neytronlar bilan yadro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida ham radionuklidlar ikkilamchi protonlar ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling