Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet65/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Yod izotoplari

6-jadval

Izotop lar

Emirilish tipi

YArim emirilish davri

Zarracha energiyasi /γ-kvant, Mev

129I

β-

1,57٠107 yil

0,150/0,04

131I

β-

8 sutka

0,8; 0,6/0,284;0,364;0,637

132I

β-

2,3 soat

1,176; 0,514/0,662

133I

β-

20,3 soat

1,27/0,53

11.5.2.Stronsiy (90Sr)

Stronsiy-Er metali bo‘lib, kuchli tiklanuvchi va kimyoviy o‘ta aktiv element. Havoda tez oksidlanadi; suv bilan o‘zaro ta’sirlashib gidroksidini hosil qiladi. Stronsiy qizdirilganda vodorod bilan o‘zaro ta’sirlashib hosil bo‘lgan gidridi oksidlanadi va havoda suv moleklalari bilan reaksiyaga kirishib gidrooksidni hosil qiladi. O‘z navbatida gidrooksid qizdirilganda suv bug‘lanib oksidini hosil qiladi.

Stronsiy kalsiy guruhiga taalluqli bo‘lib, kalsiy xususiyatlariga yaqin bo‘lib qoladi, ko‘p hollarda kalsiy o‘rnini bosadi va shu sababli insonning umurtqa pog‘onasida, skletida to‘planadi. Taxminan 28 yil yarim emirilish davriga ega bo‘lib uzoq vaqt davomida suyak to‘qimalariga ta’sir qilib uni butunlay ishdan chiqaradi. Kalsiyga qaraganda kam bo‘lsada stronsiy sut va sut mahsulotlariga kiradi.

Ma’lumotlarga qaraganda inson qancha ko‘p miqdorda oziq-ovqat orqali kalsiy iste’mol qilsa stronsiyning inson organizmiga tushishi kamayadi. Stronsiy-90 izotopi inson tanasi a’zolari uchun birinchi navbatda suyak (skelet) to‘qimasida to‘planib boradi va qon ishlab chiqarish tzimini butunlay ishdan chiqaradi. Bu esa inson uchun o‘ta xavfli bo‘lib qon tizimini butunlay ishdan chiqaradi.Stronsiyning izotoplari 7-jadvalda ko‘rsatilgan.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling