12.4. YAdro reaktorlari va ularning ishlash prinsipi.
YAdro energetikasi yadro reaktorlarida hosil qilinadi. Reaktorlar – issiq, oraliq va tez neytronlarda ishlaydi.
- Issiq neytronlarda ishlaydigan reaktorlar nisbatan katta miqdordagi susaytiruvchi aralashmali engil boyitilgan tabiiy yadro yoqilg‘isidan iborat [7,9].
- oraliq neytronlarda ishlaydigan reaktorlar bo‘linuvchi izotoplar va susaytiruvchidan iborat.
- tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar susaytiruvchisizishlaydi.
Ishlaydigan reaktorlarda quyidagi jarayonlar kechadi:
1.(n,f)reaksiyada issiqlik ajralib chiqadi;
2.YAdro yoqilg‘isini yonishi va ko‘payishi;
3.Emirilish mahsulotlari tufayli aktiv zonaning aynishi: keyingisi radioaktiv bo‘lib neytronlarni intensiv yutish qobiliyatiga ega.
4.Reaktor konstruksiyasi va qurilmasini neytronlarni yutilishidan himoyalash, bu esa hosil bo‘lgan radioaktivlikni kamaytirish.
Reaktorning asosiy xarakteristikasi -uning quvvati hisoblanadi, bu esa vaqt birligi ichida ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasi miqdori bilan aniqlanadi. Reaktorning quvvati megavaatlarda (106 Vaat) o‘lchanadi. 1 MVT energiya har sekundda 3*1016 akti bo‘ladigan zanjir reaksiyasiga mos keladi [8].
Reaktorning asosiy qismi reaksiya amalga oshadigan aktiv zonadan iborat (72-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |