Ixtisoslashtirilgan filiali
Vaziyatga huquqiy baho bering
Download 189.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikohning tugatilishi
Vaziyatga huquqiy baho bering.
3 Matnda foydalanilgan ayrim huquqiy atamalarning izohi: Nikoh – nikoh yoshiga yetgan, qonunga muvofiq oila qurishni istagan erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslangan, rasmiylashtirilgan, o‘zaro shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan ittifoq Oila – bu nikoh, er-xotinlik, farzandlar, ota-onalar hamda o‘zaro qarindosh, qondosh, qarindosh bo‘lgan shaxslarning umumiy ro‘zg‘or, umumiy xo‘jalik yuritish hamda oiladagi maishiy-madaniy ishlarni g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik asoslarida yurituvchi shaxslar guruhi, ittifoq, xonadon hisoblanadi. Er-xotinning birgalikdagi umumiy Mulk – er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er- xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari Er va xotinning xususiy Mulki – nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan molmulki. Nikohning tugatilishi – ma’lum yuridik faktlar tufayli er-xotin o‘rtasida vujudga kelgan nikoh huquqiy munosabatlarining tugallanishi. Maʼlumki ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotning mahsuli sifatida Oila huquqi endigina shakllanib ulgurgan va mustaqil huquq sohasi sifatida talqin etilayotgan huquqning alohida tarmog‘idir. Binobarin, bu holat fuqarolar davlatning ahamiyatini, uning boshqarilish asoslarini va o‘z haq-huquqlarini ro‘yobi bevosita katta bir mexanizm (davlat) orqali taʼminlangan ekanligini chuqur tushunib yetishlariga olib keladi. Bu esa, fuqarolik jamiyatining tobora mustahkam o‘rnatilishi va rivojlanishida muhim omil sanaladi. Quyida yuqoridagi muammoli vaziyatdan yiroqlashmagan holda, uning Oila huquqdagi ham nazariy, ham amaliy, ham tahliliy, ham asoslangan yechimiga to‘xtalsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling