Ixtisoslashtirilgan filiali
Kazusning muamoli nuqtalari
Download 189.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Da’vogar xotin turmush o‘rtog‘i javobgar er bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib
Kazusning muamoli nuqtalari:
1. S.Xakimova turmush o‘rtog‘i (bundan buyon matinda Davogar Xotin deb yuritiladi) U.Xakimov (bundan buyon matnda Javobgar Er deb yuritiladi) bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol- mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaati. 2. Javobgar er da’vogar xotinga otani-onasi sovg‘a qilgan yumshoq mebellar to‘plami, maishiy texnika to‘plami, televizor, qimmat narxli pardalar va gilamlarining bo‘lish tartibi. 3. Da’vogar xotining to‘y kuni ota-onasi tomonidan sovg‘a qilinggan javobgar erga tegishli tilla uzuk hamda qo‘l telefonining bo‘linishi. 4. Rasmiylashtirmagan Hadiya shartnomasi orqali kelgan hadiyalar haqida. 5. Javobgar erning to‘yga ketgan harajatlari hamda mahr sifatida berilgan 2000 AQSh dollarini va qudalarga (bundan buyon matinda da’vogarning qarindoshlari deb yuritiladi) bergan sovg‘alarini qaytarilishi so‘rab qilgan da’vosi. Nazarimizda yuqorida sanab o‘tilgan eʼtiborli nuqtalarimizga bosqichma-bosqich quyidagi ketma-ketlikda asosli tahlil qilgan holda: 1) nazariy jihatdan; 2) huquqiy jihatdan; 3) amaliy jihatdan) yechim topish nisbatan ancha tushunarli va asosli bo‘ladi. Da’vogar xotin turmush o‘rtog‘i javobgar er bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaati. Biz bilamizki har bir shaxs o‘z haq huquqlarini buzilgan deb topgan taqdirda yoki muayyan bir nizoli vaziyatni hal etishga doir masalarni sud organlariga da’vo arizasi bilan kiritishi mumkin. Yuqoridagi muamoli vaziyatga aloqador da’vogar xotin ham turmush o‘rtog‘i javobgar er bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasi 5 bilan sudga murojaat qilgan. Bundan tashqari oila kodeksida ham shular keltirib o‘tilganki er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi sud tartibida ko‘rib chiqiladi 1 . Fuqarolik Kodeksining 10-moddasida ko‘rsatilganidek, fuqarolik huquqlari prosessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi. Zero, huquqlari buzilgan shaxs fuqaro yoki tashkilotlar yuqorida ko‘rsatilgan sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudiga da’vo arizasi berib, buzilgan huquqlarining himoya qilinishi to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishlari mumkin. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi, da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi 2 . Da’vogar xotining ham murijaatlari atroflicha o‘rganiladi. Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi 3 . Agar da’vo arizasi qonun bilan belgilangan muddat davomida berilgan bo‘lsa, sud tomonlarning da’vo ishini ko‘rib, ishning mazmuni bo‘yicha da’voni qondirish yoki qondirmaslik to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi. Agar da’vo arizasi qonun bilan belgilangan muddatdan o‘tkazib berilgan bo‘lsa, sud muddatning o‘tkazilishi sababini muhokama qiladi. Sud da’vogar xotin turmush o‘rtog‘i javobgar er bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasiga ko‘ra ishni er va xotinning mol-mulklarni xususiy hamda umumiy mulklarga ajratish orqli masalani ikki tomonlama uchun ham ijobiy hal qiladi. . 1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12, 19-bandi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 153 – modda. 3 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 27- modda. 3 -qism. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling