Ixtisoslashtirilgan filiali
Javobgar er da’vogar xotinga otani-onasi sovg‘a qilgan yumshoq mebellar
Download 189.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Da’vogar xotining to‘y kuni ota-onasi tomonidan sovg‘a qilinggan javobgar erga tegishli tilla uzuk hamda qo‘l telefonining bo‘linishi
Javobgar er da’vogar xotinga otani-onasi sovg‘a qilgan yumshoq mebellar
to‘plami, maishiy texnika to‘plami, televizor, qimmat narxli pardalar va gilamlarining bo‘lish tartibi: Bizga oila huquqi darsligidan shular ma’lumki Oila kodeksining 25- moddasi birinchi qismiga muvofiq nikohga qadar er va xotinning har biriga tegishli bo‘lgan, shuningdek ulardan biri tomonidan nikoh davomida hadya tariqasida, meros huquqi bo‘yicha yoki boshqa tekin bitimlar bo‘yicha olingan mol-mulk uning o‘z mulki hisoblanadi. Er-xotin tomonidan tekin asoslarga ko‘ra olingan, jumladan to‘y sovg‘alari, to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan marosimlar munosabati bilan olingan sovg‘alar, agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo‘lsa, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kiradi. Agar bu sovg‘alar er-xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha er yoki xotinning o‘z mulki hisoblanadi qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno hisoblanadi 4 . Bizdagi vaziyatga ko‘ra da’vogar xotining Sud jarayonida ota-onasi tomonidan sovg‘a qilingan buyumlar uning xususiy mulki bo‘lib hisoblanishini bildirgan talabi asossiz ekanligi ular shaxsiy emas ummumiy mulk ekanligini yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ko‘rib o‘tdik. Bunga yanda sodda misol qilib da’vogar xotinning onasi sovg‘a qilgan yumshoq mebellar to‘plami, maishiy texnika to‘plami, televizor, qimmat narxli pardalar va gilamlardan kundalik yumushlarda er-xotin o‘zlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida teng miqdorda foydalanishgan. Da’vogar xotining to‘y kuni ota-onasi tomonidan sovg‘a qilinggan javobgar erga tegishli tilla uzuk hamda qo‘l telefonining bo‘linishi: 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi. 7 Yuqoridagi muamoli vaziyatga aniqlik kiritib o‘tsak ya’ni :da’vogar xotining to‘y kuni ota-onasi tomonidan sovg‘a qilinggan javobgar erga tegishli tilla uzuk hamda qo‘l telefonining bo‘linishi haqida. Bu holat bo‘yicha oila huquqi doirasida quyidagilarni bilamiz. Er yoki xotindan faqat bittasiga tegishli bo‘lgan va u tomonidan tasarruf etiladigan mulk xususiy mulk hisoblanadi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Er yoki xotinning nikohga qadar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulki masalan, uy, uy jihozlari, omonat kassasiga qo‘yilgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqalar; 2. Nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari; - 3. to‘y sovg‘alari, agar ular er yoki xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno hisoblanadi; 4. Er-xotinning nikoh tuzishga qadar olgan hadyalari kelinning sepi va hokazolar, bu buyumlardan turmushda birgalikda foydalanishdan qat’i nazar, ularning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kirmaydi 5 Yuqorida ko‘rinib turibdiki javobgar erga tegishli bo‘lgan tilla uzuk hamda qo‘l telefon uning xususiy mulki hisoblandi. Er-xotin o‘rtasida mulkiy nizo kelib chiqgan taqdirda mulk taqsimlanayotgan jarayonda xususiy mulk bo‘linmaydi. Chunki xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin 6 . 5 Oila huquqi. Darslik /Mualliflar jamoasi. Prof. O.I.Oqyulovning umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2016. 85- bet. 6 O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.: 2 – modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling