V VARIANT
I.
Tahlil (nazm). Maksimal ball – 15 ball.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas anikim, qoldi qanda.
Chu
jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiking tuprog'i basdur kafanda.
Solib
borma meni,
ey Yusufi husn,
Bu kun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,
Oyog'ing qayda bo'lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy, va lekin
Atoyi sarvi ozodinga banda
Ushbu g‘azalni mazmun va shakl jihatdan tahlil qiling. (15 ball)
II.
Tahlil (nasr). Maksimal ball – 10 ball.
Saodat aya bomdod namozini o‘qib, joynamoz poyida uzoq o‘tirib qoldi.
Bundan uch yil
oldin olamdan o‘tgan eri usta Turobga atab Qur’on tilovat qildi. O‘ris shaharlarida daydib
qolib
ketgan o‘g‘li Bo‘rixonga Xudodan insof tiladi.
Baxti ochilmay, guldek umri xazon bo‘layotgan
qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yo‘lini och, deb Allohga iltijo qildi. Kampir har sahar
ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qo‘l cho‘zib,
joynamozning bir burchini
qayirib o‘rnidan turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: